16 sen 11:54
Yangiliklar
Boks/MMA
Kanelo – Krouford jangini Netflix'da 41 milliondan oshiq inson tomosha qildi
Super o'rta vazn toifasida mutlaq chempion Terens Krouford va kamarlarning sobiq sohibi Saul Alvares o'rtasidagi jangni Netflix'da katta auditoriya kuzatib borgan.
"Dunyo bo'ylab 41 milliondan ortiq tomoshabin Netflix'da Kanelo – Krouford bahsini ko'rdi, bu boks bo'yicha asrning eng ko'p ko'rilgan chempionlik jangiga aylandi", deyiladi tashkilot xabarida.
Eslatib o'tamiz, 58 yoshli Mayk Tayson va 27 yoshli bloger Jeyk Pol o'rtasidagi jangni Netflix platformasi orqali 60 million foydalanuvchi jonli efirda tomosha qilgandi.
Havola :
Manba : Netflix
Fikrlar