16 sen 08:29
Yangiliklar
Engil atletika

Arman Dyuplantis tayanib sakrash bo'yicha 14-marta jahon rekordini o'rnatdi
Ikki karra Olimpiya chempioni, shveciyalik Arman Dyuplantis o'z rekordini yana bir bor yangiladi.
U Yaponiyaning Tokio shahrida bo'lib o'tayotgan jahon chempionatida 6,30 m balandlikni zabt etdi.
Dyuplantis uchinchi urinishida rekord balandlikka erishdi. Qayd etish kerakki, u jahon chempionatida 6,15 m ga sakrash bilan g'alabasini taminlagan edi. Arman o'zining avvalgi jahon rekordini avgust oyida o'rnatgandi — 6,29 m.
2025 yilgi engil atletika bo'yicha jahon chempionati. Erkaklar, tayanib sakrash. Natijalar:
Arman Dyuplantis (SHveciya) — 6,30 m.
Emmanuel Karalis (Greciya) — 6 m.
Kyortis Marshall (Avstraliya) — 5,95 m.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar