So’nggi yangiliklar

14:17Умарали Раҳмоналиев "Манчестер Юнайтед" билан ўйиндан сўнг нималар деди? 0 13:46XX Осиё ўйинларида иштирок этадиган дзюдочиларимиз таркиби тасдиқланди 0 13:15Расман! Наманганда ўтказиладиган Octagon 92 турнирининг марказий жанги эълон қилинди (ВИДЕО) 0 12:44Одилхон Бухорода бўлиб ўтган ATFС 33 турнирида жанг қилди (ВИДЕО) 0 12:13Мануэль Нойер Германия футболчилари орасида рекорд ўрнатди 0 11:42Теренс Кроуфорд рингга қайтяптими? 0 11:11US Open 2026. Аёллар ўртасидаги турнирда финалчилар аниқланди 0 10:40Ислам Махачев: "UFC`дан қўнғироқ кутяпман" 0 10:09ЕЧЛ. "Шахтёр" ПСВ билан, "Фенербахче" эса "Рома" билан дуранг ўйнади + ВИДЕО 0 09:38Super Rizin 5 натижалари: Шайдуллаев Rizin ва PFL чемпионлик камарларини бирлаштирди 0 09:07Синдаров Непомняшийни мағлуб этди, Бибисарада ҳам ғалаба. Жамоа пешқадам! Бугун Жавоҳир - Магнус тўқнашуви бор! 0 08:36Бугун Hungary Grand Slam 2026 турнири бошланади. Биринчи кун уч дзюдочимиз татамига чиқади 0 08:05ЕЧЛ. "Манчестер Юнайтед" "Сабаҳ"ни тор-мор этди, Раҳмоналиев "Олд Траффорд"да ўйнади 0 07:34Юнон-рум курашчиларимиз Осиё ўйинларида оптимал таркибда қатнашишади 0 07:03UFC Қирғизистонда турнир ўтказишга қизиқяптими? 0

08 okt 09:35
Yangiliklar

Bolalar sporti

Nishonda bolalar sporti doim etiborda + FOTO

Teglar :  NishonQashqadaryo
Jismoniy tarbiya va sportning ommaviyligini taminlash, ayniqsa, o'g'il-qizlar o'rtasida sportni yanada rivojlantirishda bolalar-o'smirlar sport maktablarining o'rni beqiyos.

Qashqadaryo viloyat markazi Qarshi shahridan biroz olisda bo'lgan Nishon tumani bolalar-o'smirlar sport maktabi jamaoasining bosh maqsadlaridan biri- ommaviylikni taminlash, maktab yoshidagi o'quvchilarni  sport turlariga jalb etib, istedodlarini shakllantirish.

Viloyat jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi tasarrufidagi mazkur sport maktabida bugun taekvondo (VTF), boks, dzyudo, badiiy gimnastika, sport gimnastikasi, stol tennisi, futbol, voleybol, shaxmat, o'zbek jang sanati, badminton, kurash, engil atletika, qo'l to'pi sport turlari bo'yicha 1074 nafar t o'g'il-qizlar 27 nafar murabbiylar qo'l ostida mashg'ulotlarga kirishgan.

O'quvchilarning mashg'ulotlarda emin-erkin ishtirok etishlari uchun etarlicha qulayliklar yaratilgan. Xususan, 2018 yilda 18/42 o'lchamdagi zamon talibiga mos yorug' va keng, shinam  sport zali, tashqi futbol, basketbol, voleybol maydonlari, yugurish yo'lakchlari barpo etilib, yoshlar ixtiyoriga berilgan.

Etarli shart-sharoitlardan unumli foydalanib, mashg'ulotlarga zo'r berayotgan o'quvchilar hatto viloyat va respublika miqyosidagi bellashuvlarda kuchli uchlikdan joy olib, ustozlari ishonchini oqlashmoqda. Jumladan, 2019 yilda qo'l jangi, o'zbek jang sanati, stol tennisi, boks, taekvondo (vtf), kurash, engil atletika singari turlar bo'yicha mamlakat miqyosidagi musobaqlarda bir qator medallar qo'lga kiritlgan. Joriy yilda pandemiya paytida ham   BO'SM tarbiyalanuvchilarning  onlayn musobaqlarda faol ishtirok etganiga guvoh bo'lish mumkin. Adham SHaymanov (boks), aka-uka Sardor va Bobur  Rizvonovlar (boks), SHaxriyor SHodmonov (taekvondo VTF), Bexruz Nuraliev (taekvondo VTF), Jasur Tolipov (O'zbek jang sanati), Burgutbek Alimardonov (O'zbek jang sanati), Bekzod Xolmurodov (kurash), Sultonali Mavlonberdiev (kurash), Abdumannon Tolmasov (kurash), Muzrof Omonov (kurash), SHahzoda Toshboeva (badiiy gimnastika), Robiya Abdusattorova (badiy gimnastika), Ruslan Nurboev (sport gimnastikasi), Daler Nizomiddinov (stol tennisi), Durdona Tulapova (shaxmat) kabi istedodli sportchi – o'quvchilarning qo'lga kiritayotgan natijalari tahsinga loyiq.

Bugun ayniqsa, bolalar sportiga bo'lgan etibor har qachongidan alo, deyish mumkin, - deydi Nishon tuman bolalar-o'smirlar sport maktabi direktori Obidjon Sayfiev. – Bunga birgina misol tariqasadi aytish joiz, BO'SMda 2019-2020 o'quv yilida 20 nafar murabbiy faoliyat ko'rsatgan bo'lsa, ayni paytga kelib, bu ko'rsatgich 27 nafarga etgani, o'quvchilar soni esa 900 nafardan 1074 nafarga oshgani quvonarli hol. Maqsadimiz – tumanimizda ommaviylikni taminlash, sportga oshno o'g'il-qizlarimizni o'zlari tanlagan sport turlariga jalb etib, katta sport sari etaklashdan iborat.

Ilhom RAHMONOV tayyorladi, o'z muxbirimiz

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing