10 sen 16:48
Yangiliklar
Boks/MMA

Nokautchi bokschimiz CHelyabinskda ringga chiqdi
Rossiyaning CHelyabinsk shahrida professional boks kechasi tashkil etildi.
“Traktor Arena”da o'tgan boks oqshomidan 11ta jang o'rin olgan bo'lib, ulardan biri hamyurtimiz ishtirokida o'tkazildi. Engilmas bokschimiz Ziyovuddin Tohirov rossiyalik Zaur Abdullaevga qarshi ringga ko'tarildi.
Har ikki bokschi ham faoliyatlari mobaynida o'tkazgan janglarida mag'lubiyatsiz odimlashayotgandi. Izboskan tumanilik Ziyovuddin 4ta jangning barchasida raqiblarini nokautga uchratgan bo'lsa, ekaterinburglik Abdullaev 5ta jangdan 3tasini muddatidan avval yakunlagan edi.
Afsuski, jangda sezilarli ustunlikka ega bo'lib turgan bokschimiz kutilmagan zarbadan so'ng beshinchi raundda mag'lubiyatini tan olgan. Ushbu boks kechasini afsonaviy Roy Jons kuzatib bordi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar
Украинский боксер, выступающий в весовой категории до 75 кг. Александр Хижняк признан лучшим бойцом вне зависимости от весовой категории чемпионата мира среди мужчин, который прошел в Гамбурге Германия.