12 noy 08:24
Yangiliklar
Boks/MMA
Nokautchi SHohjahon AQSH zaminidagi ilk jangini o'tkazdi
Professional boksda mag'lubiyat nimaligini bilmay kelayotgan nokautchi charm qo'lqop ustamiz SHohjahon Ergashev hozirgina AQSH zaminidagi ilk jangini o'tkazdi.
O'zbekiston Respublikasida xizmat ko'rsatgan sport ustozi Rustam Majidovning shogirdi hisoblangan SHohjahon Nyu-York shahrida amerikalik Markes Xautornga qarshi ringga ko'tarildi. 26 yoshli bu bokschi shu kungacha 12 ta jang o'tkazgan bo'lib, ularning 5 tasida g'alabaga erishgan, 7 bor mag'lubiyat alamini totib ko'rgandi.
Ropqon boks maktabi tarbiyalanuvchisi bo'lgan Ergashev
esa barcha janglarida raqiblarini nokautga uchratgandi. Bugun ana shu anana davom
etdi. SHohjahon ikkinchi raunddayoq amerikalik bokschini nokautga uchratib, AQSH
zaminidagi ilk jangida chiroyli g'alabaga erishdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar