27 sen 14:06
Yangiliklar
Nokautlarga boy o'tgan UFC Vegas 121 turnirining barcha natijalari bir sahifada
Musobaqaning markaziy bahsida UFC'ning eng yosh jangchisi Raul Rosas besh raund hisobiga ko'ra mag'lubiyatga uchrayotgan bir pallada tajribali Raoni Barselosni nokautga uchratdi va g'alabali yurishini davom ettirdi.
Musobaqaning barcha natijalari:
Raul Rosas markaziy jangda Raoni Barselosni nokautga uchratdi (5-Raund, 1:38)
Aylin Peres Norm Dyumontni hakamlarning yakdil qarori bilan mag'lubiyatga uchratdi (29-28, 29-28, 29-28)
Luis Ernandes Sedrik Dyuma ustidan bo'g'ish usuli orqali g'alaba qozondi (guillotine choke) - (1-Raund, 0:50)
Muhammadali Osmanlining taqiqlangan zarba yo'llashi oqibatida jang birinchi raundda to'xtatildi va Ilimbek Akilbek g'alaba qozonib, TUF 34 shousininn eng engil vazn toifasidagi chempioniga aylandi
Tina Blek Melissa Amayani texnik nokautga uchratdi (2-Raund) va TUF 34 shousining minimal vazn toifasidagi g'olibiga aylandi
Bredi Xaystend Rinyo Nakamurani bo'g'ish usuli bilan taslim qildi (rear-naked choke) - (2-Raund, 4:07)
Rodolfo Vieyra Robert Brichekni hakamlarning yakdil qarori bilan mag'lubiyatga uchratdi (30-27, 30-27, 30-27)
Kristian Edvards Rodolfo Bellatoni texnik nokautga uchratdi (3-Raund, 1:47)
Elves Brener Joziya Xarrellni texnik nokaut orqali dog'da qoldirdi (1-Raund, 4:14)
Montel Jekson Rikki Simon ustidan texnik nokaut bilan g'alaba qozondi (2-Raund, 2:39)
Alatengxeili Jon Kastaneduni ochkolar hisobi orqali mag'lubiyatga uchratdi (29-28, 29 -28, 28-29)
Yazmin Auregi Vanessa Demopulosni texnik nokautga uchratdi (1-Raund, 1:02).
Fikrlar