28 may 15:40
Yangiliklar
Boks/MMA

Nokdaunga uchragan Salido yakunda g'alaba qozondi
Ikki vazn toifasida sobiq jahon chempioni Orlando Salido Meksikada navbatdagi g'alabasini tantana qildi.
Meksikalik 36 yoshli bokschi kolumbiyalik Aristides Peresni muddatidan avval mag'lubiyatga uchratdi. Sakkizinchi raundda Peres va uning murabbiylari mag'lubiyatni tan olishdi.
Etiborlisi, jangning uchinchi raundida Salido nokdaun holatiga tushib qolgan edi. Endi Orlando jahon chempioni Vasiliy Lomachenkoga qarshi ringga ko'tariladi. Ukrainalik bokschi faoliyatidagi yagona mag'lubiyatni 2014 yilda aynan Salidodan qabul qilib olgandi.
Havola :
Manba : allboxing.ru
Fikrlar