02 noy 17:18
Yangiliklar
Nomdor raqibasiga qarshi o'ynagan Abduraimovada alamli mag'lubiyat
Mukofot jamg'armasi 100 000 AQSH dollarini tashkil etuvchi ushbu musobaqada hamyurtimiz Nigina Abduraimova ham o'z omadini sinab ko'ryapti. Mamlakatimizning birinchi raketkasi 1/16 finaldan o'rin olgan uchrashuvni yaponiyalik Misaki Doiga qarshi o'tkazdi.
Hozirgina yakuniga etgan murosasiz bahsda Abduraimova nomdor raqibasidan alamli tarzda engildi. Birinchi set 6/3 hisobida Kunchiqar yurt vakilasi foydasiga hal bo'ldi. Ikkinchi setni 1/3 hisobi bilan boy berayotgan Nigina kambek amalga oshirib, setlar bo'yicha muvozanatni tikladi - 6/3. Hal qiluvchi uchinchi setda 3/0 hisobida oldinga chiqib olgan Abduraimova yakunda tay-brekda 6/7(2) hisobida yutqazdi.
Taqqoslash uchun, 28 yoshli Nigina WTA reytingida 173, 31 yoshli Misaki esa roppa-rosa 150-o'rinni egallab turibdi. Doi turnirning ettinchi saralangan tennischisi edi. Bu tennischilarning o'zaro o'tkazgan ilk uchrashuvi bo'ldi. Hamyurtimiz uchrashuv davomida 9 ta eys zarbasini amalga oshirdi. Misakida bu ko'rsatkichni 2 tani tashkil qildi.
Fikrlar