12 fev 15:02
Yangiliklar
Futbol
"Nottingem Forest" bosh murabbiy SHon Daychni istefoga chiqardi
"Nottingem Forest" klubi bosh murabbiy SHon Daych bilan hamkorlikni to'xtatganini rasman elon qildi.
"Nottingem Forest" futbol klubi SHon Daych bosh murabbiylik lavozimidan ozod etilganini tasdiqlaydi. Biz SHon va uning murabbiylar shtabiga klubdagi mehnati uchun minnatdorlik bildirib, kelgusi faoliyatida omad tilaymiz. Hozircha bu masala yuzasidan qo'shimcha izoh berilmaydi", — deyiladi jamoaning rasmiy saytida elon qilingan bayonotda.
Qayd etish joiz, joriy mavsumda "Nottingem Forest" allaqachon uchinchi murabbiy bilan xayrlashdi. Bundan avval klub Nunu Eshpiritu Santu hamda Angelos Postekoglu bilan hamkorlikni yakunlagan edi.
Ayni paytda jamoa Angliya Premer-ligasi musobaqa jadvalida 17-o'rinni egallab turibdi.
Havola :
Manba : nottinghamforest.com
Fikrlar