So’nggi yangiliklar

21:18Ал аш-Шайх “Канело” Ар-Риёдда жанг қилишга тайёрлигини маълум қилди 0 20:41Хорхе Масвидаль UFC’га қайтиш бўйича музокара олиб бормоқда 0 19:59Расман. Дмитрий Биволнинг навбатдаги жанги тасдиқланди (ПОСТЕР) 0 18:26ЕЧЛнинг олти карра ғолиби Тошкентга келмади 0 17:55Сакен Бибосинов оғир жароҳат сабаб шифохонага ётқизилди 0 17:24Тошкентда илк бор стол тенниси бўйича Осиё чемпионати ўтказилади 0 16:53Ян Непомняшчий Синдаров - Гукеш ўйинига тахмин билдирди 0 16:22"Пахтакор" ва "Нефтчи"нинг Саудия Арабистони клублари билан ўзаро ҳисоб-китоби 0 15:51Ўзбекистон гимнастлари Роттердамдаги Жаҳон чемпионатида қатнашади 0 15:20Евлоев Волкановскига қарши жангда UFC`нинг ноёб рекордини ўрнатиши мумкин 0 14:49Ферстаппен Сингапур Гран-присида илк бор ғалаба қозонди 0 14:18Ўзбек клубларининг "Ал Насср" билан ўйинлардаги статистикаси қандай? 0 13:47Осиё ўйинларида ғалаба қозонган Жасурбек Жайсунов Париж Гран-присида ҳам шоҳсупага кўтарилди! 0 13:16Жон Жонс UFC`га қайтишни ҳали ҳам истисно этмаяпти 0 12:45"Бағрикенг эркак". Райан Гарсия Арнольд Шварценеггер билан учрашди (ФОТО) 0

19 avg 07:59
Yangiliklar

SHaxmat

Grand Chess Tour: Sindarovda ketma-ket ikkinchi g'alaba, bugun chempionlik So bilan bahsda hal bo'ladi

AQSHning Sent-Luis shahri mezbonlik qilayotgan shaxmat bo'yicha nufuzli Grand Chess Tour seriyasining hal qiluvchi bosqichi - Sinquefield Cup 2026 turnirida 8-tur ortda qoldi.

Dunyoning ko'zga ko'ringan grossmeysterlari ishtirok etayotgan turnir klassik shaxmat yo'nalishida 9 turdan iborat aylanma tizimida o'tkazilyapti. Javohir Sindarov ketma-ket ikkinchi g'alabasini tantana qildi. O'tgan turda qora donalarda o'ynaganiga qaramay, peshqadamlardan biri germaniyalik Vinsent Keymerni mag'lubiyatga uchrata olgan hamyurtimiz 8-turda niderlandiyalik Yorden van Forestni ham taslim etdi. 

Hindistonlik Rameshbabu Praggnanandha qora donalarda franciyalik Maksim Vashe-Lagravdan ustun keldi. Turning uchinchi g'alabasiga Vinsent Keymer erishdi. O'tgan turda Javohirga yutqazgan germaniyalik grossmeyster oq donalarda o'ynab, amerikalik Fabiano Karuanani engishga muvaffaq bo'ldi. Qolgan ikki partiya durang natija bilan yakunlandi.  

Bugun o'tkaziladigan so'nggi to'qqizinchi tur oldidan turnir jadvalida hamon amerikalik Uesli So 5 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda. Rameshbabu Praggnanandha ham kechagi g'alabasi evaziga ochkolarini 5 taga etkazib oldi. U qo'shimcha ko'rsatkichlarga ko'ra ikkinchi o'rinni band etgan. Javohir 4,5 ochko bilan uchinchi o'ringa ko'tarilib oldi. Vinsent Keymer hisobida ham 4,5 ochko bor. Fabiano Karuana, Levon Aronyan, Maksim Vashe-Lagrav va Sem Sevyan 4 ochko bilan keyingi o'rinlarni band etgan. Anish Giri 3,5 ochko bilan 9-o'rindan joy olgan bo'lsa, 1,5 ochkoga ega Yorden van Forest so'nggi 10-o'rinda bormoqda.   

Bugun 9-turda Javohir Sindarov qora donalarda peshqadam va shu bilan birga musobaqaning amaldagi chempioni Uesli So bilan hisob-kitob qiladi. Ehtimoiy g'alaba hamyurtimizni chempionga aylantirishi mumkin. Lekin bu holatda qolgan o'yinlarning natijasi ham muhim hisoblanadi. Rameshbabuda ham chempionlik uchun imkoniyat saqlanib turibdi. Ochkolar teng bo'lib qolgan holatda, chempionni aniqlash uchun qo'shimcha tay-brek o'ynaladi. Bugungi uchrashuvlar ham bizning vaqt bilan soat 22:00da boshlanadi. 

To'liq ishtirokchilar tarkibi: Javohir Sindarov (O'zbekiston), Fabiano Karuana (AQSH), Pragnanandhaa Rameshbabu (Hindiston), Uesli So (AQSH), Levon Aronyan (AQSH), Anish Giri (Niderlandiya), Vinsent Keymer (Germaniya), Maksim Vashe-Lagrav (Franciya), Yorden van Forest (Niderlandiya), Sem Sevyan (AQSH).

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing