So’nggi yangiliklar

19:05ИНТЕРВЬЮ. Футбол ўйнаганим учун дадам уришмасин деб, боксга борганман — Шаҳобиддин Эгамов 0 19:04ITF М15. Шин Анталиядаги юришини нимчорак финалда тўхтатди 0 18:43Жон Жонс Том Аспиналл ва Ган ўртасидаги жанг ҳақида гапирди 0 18:22Мераб Двалишвили: "Яннинг энг катта хатоси – у мени ҳурмат қилмагани" 0 18:01Давид Райя — "Арсенал" тарихидаги энг яхши дарвозабон 0 17:39Тожикистон ва КХДР Asian Boxing сафига ўтди 0 17:17UFC жангчиси шу йилнинг ўзида олтинчи марта ҳибсга олинди 0 16:54Асадбек Саидов Octagon 80 турниридаги иштироки орқали бонусга лойиқ кўрилди 0 16:29Лутфуллин бригадаси Миср – Венесуэла учрашувида ишлайди 0 16:08Доғистонда Ислам Махачев номли кўча пайдо бўлди 0 15:47Достон Бозоров визани қўлга киритди (ФОТО) 0 15:26"Ҳумо" қайтяпти: жамоа Ўзбекистон очиқ чемпионатида иштирок этишини тасдиқлади. Бугун илк ўйин! 0 15:05Испания терма жамоасининг ЖЧ-2026 учун уй либоси намойиш қилинди + ФОТО 0 14:44PFL Лигаси Гран-При форматини бекор қилди 0 14:23Шаббона Абдувалиева "Катта Дубулға" турнирига йўлланма қўлга киритди 0

20 noy 09:10
Yangiliklar

Tennis

Novak Jokovichning ATP Yakuniy turniri finalidagi raqibi malum

Italiyaning Turin shahrida o'tkazilayotgan tennis bo'yicha ATP Yakuniy turniri bugun o'z yakuniga etadi.

Dunyoning sakkizinchi raketkasi bo'lib turgan Novak Jokovich musobaqaning birinchi finalchisiga aylangan edi. Rossiyalik Andrey Rublyov hamda norvegiyalik Kasper Ruud o'rtasidagi ikkinchi yarim final uchrashuvida serbiyalikning bosh sovrin uchun bahsdagi raqibi malum bo'ldi. 

Dunyoning to'rtinchi raketkasi sifatida harakat qilayotgan Ruud ATP reytingida ettinchi pog'onadan joy olgan rossiyalik hamkasbini ortiqcha qiyinchiliksiz mag'lub etdi - 6/2, 6/4. Kasper o'zaro uchrashuvlarda hamon hisobda ortda qolmoqda - 2:4. 

Roppa-rosa 70 daqiqa davom etgan bahsda Rublyov 9, Ruud esa 10 ta eys zarbasini amalga oshirgan. Ikkala tennischi ham qo'shxatoga yo'l qo'yishmadi. Faqat breyklar soni Kasperda ko'proq bo'ldi 4 ga 1. Ruud faoliyatida ilk bor ATP Finals turnirida bosh sovrin uchun kortga chiqadi. O'tgan yili birinchi marotaba ushbu turnirda qatnashgan norvegiyalik istedod egasi 1/2 finalda rossiyalik Daniil Medvedevga yutqazib qo'ygandi.

Agar Ruud bugungi finalda g'alaba qozonsa, Rafael Nadalni ortda qoldirgan holda mavsumni dunyoning ikkinchi raketkasi sifatida yakunlaydi. Mag'lub bo'lsa ham u reytingning uchinchi pog'onasiga ko'tarilib oladi. Kasper va Novak o'rtasidagi o'zaro uchrashuvlarda tajribali Jokovich 3:0 hisobida oldinda bormoqda.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing