26 dek 10:30
Yangiliklar
Boks/MMA

Nurmagomedov: "Agar Barbozani mag'lub etsam bahorda Toni Fergyusonga qarshi chempionlik jangini o'tkazaman"
Rossiyalik aralash qoidalar jangchisi Xabib Nurmagomedov braziliyalik Edson Barbozani mag'lub etadigan bo'lsa, bahorda UFCning vaqtinchalik chempioni Toni Fergyusonga qarshi jang qilmoqchi.
"Barbozaga qarshi davogarlik jangi bo'ladi. UFCdagilar menga agar bu jangda g'alaba qozonadigan bo'lsam, Toni Fergyusonga qarshi chempionlik kamari uchun jang qilishim mumkinligini aytishdi", - dedi rossiyalik sportchi.
Eslatib o'tamiz, Nurmagomedov - Barboza jangi 31 dekabr kuni AQSHda bo'lib o'tadi.
Havola :
Manba : ТАСС
Fikrlar