02 jan 09:51
Yangiliklar
Nurmagomedov: "Agar Konor UFCga qaytmasa, Fergyusonga qarshi jang qilaman"
-Barboza qanday jang o'tkazdi? Nimasi bilandir hayron qoldira oldimi?
-Unga va murabbiylariga rahmat aytaman. U munosib jang qila oldi. Oyog'i bilan bergan zarbalari menga tasir qildi. Jang vaqtida undan so'radim: "Bo'ldimi? Sening qo'lingdan keladigan narsa shumi?". Uning zarbalari og'ir. Yaxshigina tepa oladi.
-Jangdan mamnunmisiz? Reja amalga oshdimi? Muddatidan oldin g'alaba o'xshamay qoldiku...
-Jangni muddatidan oldin yakulamoqchi edim. Lekin, undan tashqari "kletka" ichida ko'proq vaqt o'tkazish haqida ham o'yladim. Agar sen 15 daqiqa jang qiladigan bo'lsang bu katta tajriba degani.
To'qnashuvni yana ko'rib chiqdim. Xatolar ko'p bo'lgan. Lekin, rejamni amalga oshira oldim.
-Keyingi jang qachon? MakGregor haqida nima deysiz?
-Bilmadim, u UFCga qaytadimi yo'qmi. Agar qaytmasa Toni bilan aprel-may oylarida jang o'tkazamiz. Ramazon oyigacha ulgura olsak yaxshi bo'lardi.
Fikrlar