23 mar 08:03
Yangiliklar
Boks/MMA

Nurmagomedov AQSHdan Rossiyaga qaytdi, jang o'tkazilmaydigan ko'rinadi
Engil vaznda UFC chempioni Xabib Nurmagomedov AQSHdagi koronavirus holati sabab Rossiyaga qaytishga majbur bo'ldi.
U bilan birga jamoasi ham Dog'istonga qaytgan. Bu malumotni Xabibning menejeri Rizvan Magomedov tasdiqladi. Uch kun avval Nurmagomedov shug'ullanayotgan mashhur AKA mashg'ulot zali karantinga yopilgan edi.
"AQSHda hech kim qolmadi, hamma Rossiyada", - deya Rizvan Magomedovning so'zlarini keltirmoqda TASS.
Avvalroq UFC Nurmagomedov - Fergyuson jangi 18 aprel kuni o'tkazilishi, lekin manzil aniq o'zgarishini aytgan edi.
Havola :
Fikrlar