03 apr 08:48
Yangiliklar
Boks/MMA

Nurmagomedov Bellator ligasida debyut jangini o'tkazdi
Ayni daqiqalarda AQSHning Konnektikut shtati Ankasvill shahrida MMA oqshomi bo'lib o'tmoqda.
Bellator 255 turnirining asosiy kardida rossiyalik Usman Nurmagomedov o'zining yangi promoushendagi debyut jangini o'tkazdi. Xabib Nurmagomedovning jiyani amerikalik Mayk Xemelga qarshi oktagonga ko'tarildi. Jang to'liq uch raund davom etdi va unda hakamlarning bir ovozdan yakdil bergan bahosiga ko'ra Usman 29-28, 30-27, 30-27 hisoblarida g'alaba qozondi.
Oqshomning markaziy jangi yarim engil vazn toifasida o'tkaziladi va unda tashkilot chempioni Patrisiu Freyre davogar Emmanuel Sanches bilan to'qnash keladi.
Havola :
Fikrlar