06 may 16:54
Yangiliklar
Boks/MMA

Nurmagomedov bir yilda uchta jang o'tkazadi
Engil vazn toifasida UFC chempioni Xabib Nurmagomedov 2020 yilning aprel oyiga qadar uchta jang o'tkazishi mumkin.
Xabibning shaxsan o'zi menejeri Ali Abdul Azizga shunday topshiriq bergan. Nurmagomedovning rejasi bo'yicha janglar sentyabr, dekabr va aprel oylarida o'tkaziladi.
Xabib 7 sentyabr kuni rasmiy davogar Dastin Porega qarshi oktagonga chiqadi. Dekabr oyida yana bir davogar hamda kelasi yilning aprel oyida Jorj Sent-Per bilan jang tashkil etiladi.
Havola :
Manba : MMA Fighting
Fikrlar