05 sen 13:02
Yangiliklar
Boks/MMA

Nurmagomedov: Biz zarbalarga alohida etibor berdik
Engil vazn toifasida UFC chempioni Xabib Nurmagomedovning otasi Abdulmanap Nurmagomedov o'g'lining bo'lajak jangi uchun olib borgan tayyorgarligi borasida fikr bildirdi.
“Bizda hozir ikkita asosiy masala bor. Birinchisi: U to'rtinchi raundga qadar jangni cho'zishi kerak emas. Ikkinchisi - Xabib Dastinga qarshi jangi uchun zarba texnikasiga alohida etibor qaratdi. Biz har kuni besh soatdan ko'p mashg'ulot olib bordik. Xabibda hali hech kim ko'rmagan yangi ikkita kombinaciya bor. Buni barchangiz 7 sentyabr kuni ko'rasiz”,-dedi Xabibning otasi.
Malumot uchun, Xabib hamda Pore jangi 7 sentyabr kuni Abu - Dabi shahrida bo'lib o'tadi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar