15 mar 09:58
Yangiliklar
Boks/MMA

Nurmagomedov - Fergyuson jangi uchun ajratilgan zaxira arenasi yopildi
Nevada shtati Atletik komissiyasi nomalum muddatga sport musobaqalarini o'tkazishni taqiqlab qo'ydi.
UFC kompaniyasi ikki shtatda o'tkazilishi belgilangan turnirlarni aynan Las-Vegasda joylashgan APEX arenasiga ko'chirishni rejalashtirayotgandi. Bu 28 mart kungi Ngannu - Rozenstruik hamda 11 apreldagi Overim - Xarris ishtirokidagi UFC oqshomlari edi.
Xabib Nurmagomedov va Toni Fergyuson oktagonga chiquvchi UFC 249 turniri esa 18 aprel kuni Nyu-York shahrida o'tkazilishi kerak. Lekin Nyu-York meriyasi va shtat Sport komissiyasi 500 va undan ziyod kishi qatnashadigan barcha tadbirlarni bekor qilgan. Ushbu jang oqshomining zaxira arenasi ham Las-Vegasdagi APEX edi.
Havola :
Fikrlar