21 dek 14:14
Yangiliklar
Boks/MMA

Nurmagomedov - Fergyuson. Yan jang uchun o'z bashoratini aytdi
Rossiyalik aralash qoidalar jangchisi Pyotr Yan Xabib Nurmagomedov va Toni Fergyuson jangi haqidagi fikrlarini bildirdi.
"O'ylaymanki, Xabib ushbu jangda g'alaba qozonadi. Fergyuson g'alaba qozona oladi deb o'ylamayman. Xabib jismoniy tomonlama kuchli, nazorat u tomonda bo'ladi.
Fergyuson kuchli raqib. Unga past baho berish haqida aslo o'ylayotganim yo'q. Ammo, Xabib ushbu jangda yutadi deb o'ylayman. Asosiysi, ushbu jang amalga oshsin. Ahir u to'rt marotaba bekor qilindi. Ular janggacha soppa-sog' etib borishsin", - dedi Yan.
Havola :
Manba : ТАСС
Fikrlar