21 mar 08:51
Yangiliklar

Nurmagomedov: Menga Genri Sexudoni bering
Xabib Nurmagomedovning jiyani o'z vazn toifasi chempioni Genri Sexudo, kamarga davogar Petr Yan va hech bo'lmaganda kelajagi porloq jangchi sifatida qaralayotgan SHon O'Melliga qarshi oktagonga chiqish istagida ekanini malum qildi.
"Pyotr Yan, Genri Sexudo, SHon O'Melli. Men ularning barchasini "sochib" tashlashim kerak", deya Nurmagomedovning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda UFC Russia.
Eslatib o'tamiz, MMAdagi so'nggi jangini Toshkentda o'tkazgan Umar Nurmagomedov o'tgan oyda UFC promousheni bilan shartnoma imzolagan edi. Uning debyut jangi Xabib Nurmagomedov Toni Fergyusonga qarshi oktagonga chiquvchi UFC 249 turniri doirasida bo'lib o'tishi lozim. Debyut jangdagi raqib esa Xanter Azur bo'ladi.
Fikrlar