06 sen 13:01
Yangiliklar
Boks/MMA

Nurmagomedov - Pore to'qnashuvi g'olibi kimga qarshi jang qilishi mumkinligi aytildi
UFC prezidenti Dana Uaytning aytishicha, Xabib Nurmagomedov va Dastin Pore o'rtasidagi bahs g'olibi Toni Fergyusonga qarshi oktagonga chiqadi.
"Agar Toni Fergyuson tayyor bo'lsa biz Xabib va Dastin o'rtasidagi jang g'olibini unga taklif qilamiz. Xabib - katta yulduz, bu diskvalifikaciyadan so'ng uning dastlabki jangi bo'ladi. Pore jahonning eng yaxshilarini mag'lub etgan, shu jumladan Maks Xolloueyni ham. Bu katta jang bo'ladi", - dedi Uayt.
Havola :
Manba : MMA Junkie
Fikrlar