27 mar 19:02
Yangiliklar

Nurmagomedov vs Fergyuson: Karantin kimning imkoniyatini oshiradi?
Amerikalik UFC jangchisi Kevin Li ushbu chempionlik jangi haqida o'z fikrini bildirar ekan, hozirgi karantin holati jang natijasiga qay darajada tasir o'tkazishi mumkinligini urg'uladi.
"Karantingacha Xabibni qo'llab-quvvatlayotgan edim. Ayniqsa, unga Dastin Porega qarshi kechgan jangidan keyin muxlislik qila boshlagandim. Lekin karantin sabab fikrim o'zgardi. Ayni holatda Toni g'alaba qozonadi deb o'ylayman. Nimaga? Hammasi oddiy: Fergyuson xuddi shu sharoitda bir necha yildan beri mashg'ulot o'tkazib keladi. Toni ko'pchilik bo'lib shug'ullanishni yoqtirmaydi.
Xabibda esa vaziyat teskarisi. Uning atrofida har doim 15-20 kishi bo'lgan. Karantin Tonidan ko'ra Xabibga salbiy tasir ko'rsatadi. Hamisha ham eng zo'rlar g'alaba qozonavermaydi. Fergyusonning hozir o'tkazayotgan mashg'ulotlarini kuzata turib, bo'lajak jangda uning g'alaba qozonishini bashorat qilaman", - dedi Li.
Fikrlar