20 may 12:23
Yangiliklar

Nurmagomedovning murabbiyi: Konor hamon Xabib uchun xavfli raqib bo'lib qolmoqda
Mendesning fikricha, raqiblar orasida hamon Konor Makgregor Xabib uchun xavfli va shu bilan birga asosiy raqib bo'lib qolmoqda.
“Xabibning bu vaznda to'rt nafar asosiy raqibi bor. Ulardan Maks Xollouey Xabib uchun eng oson raqib bo'ladi. Maks boksni yaxshi o'zlashtirgan, lekin unga engil vaznda kerak bo'lgan tezlik va jismoniy tayyorgarlik etishmaydi.
Ro'yxatning keyingi pog'onasidan Dastin Pore joy olgan. Unda chidamlilik va universallik xislatlari bor. Toni Fergyuson mening reytingimda ikkinchi o'rinda! U tirsaklarida xavfli zarbalarni yo'llaydi. Va eng asosiy va xavfli raqib bu hamon Konor bo'lib qolmoqda. Makgregorning asosiy quroli va imkoniyati bu - boks!”, - deya MMA News nashriga intervyu bergan Mendes.
Fikrlar