19 noy 15:14
Yangiliklar
Boks/MMA

Nurmagomedovning otasi: Xabibning sakkiz nafar tansoqchisi bor
Engil vazn toifasida UFC chempioni Xabib Nurmagomedovning tansoqchilari haqida malumot berildi.
Bu haqida uning otasi, ham murabbiyi Abdulmanap Nurmagomedov xabar berdi.
"Mashhurlik o'g'limni izdan chiqardi degan fikrdan yiroqman. Aksincha, Xabib mashhurlikdan to'g'ri va samarali foydalana boshladi. Lekin o'g'lining qo'lidan etaklab ko'chaga chiqa olmaydi, qizini bog'chaga olib borolmaydi, oilasi bilan aylanishga chiqolmaydi. Xatto, bozorga olma xarid qilish uchun bora olmaydi. Uning sakkiz nafar tansoqchilari bor. Bu juda ham qiyin jarayon", - deydi Abdulmanap Nurmagomedov.
Havola :
Fikrlar