04 avg 12:27
Yangiliklar
Boks/MMA

Nurmagomedovning sherigi: "Xabib Sen-Perga qarshi jangdan so'ng faoliyatini yakunlaydi. Yuz foiz"
Xabib Nurmagomedovning AKA zalidagi jamoadoshi Josh Tomsonning aytishicha, rossiyalik sportchi Jorj Sen-Perga qarshi jangdan so'ng faoliyatini yakunlaydi.
"U Sen-Perga qarshi jang qiladi va biz boshqa uni oktagonda ko'rmaymiz. Yuz foiz. U doimo engilmas bo'lib ketishni istagan. Bundan tashqari u yarimo'rta vaznga o'tib, kamar qo'lga kiritishni xohlardi. Ammo, bu amalga oshmaydi. Mayli, buning qo'rqinchili joyi yo'q.
Xabibning maqsadi, Islam Maxachev chempionlik jangiga yaqinlashgunga qadar ketish. U Islam reytingdagi TOP-5 sportchilaridan biri bilan jang qilishni istaydi. Xabib MMAdan ketadi va kamarni bo'shatadi. U paytga kelib, Islam reytingda etakchilardan biri bo'ladi", - dedi Tomson.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar