22 avg 12:17
Yangiliklar
Nursulton Ro'ziboev so'nggi sparring mashg'ulotini o'tkazdi (FOTO)
Hamyurtimiz 5 sentyabr kuni Parij shahrida bo'lib o'tadigan UFC Fight Night 287 turnirida angliyalik Maykl Peyj bilan to'qnash keladi.
Ro'ziboev jang oldidan AQSHdagi sparring mashg'ulotlarini yakunlaganini malum qildi.
Nursulton Ro'ziboev faoliyati davomida hozirga qadar 48 ta jang o'tkazib, 37 ta g'alaba, 9 ta mag'lubiyat va 2 ta durang qayd etgan. U 27 iyun kuni Baku (Ozarbayjon) mezbonlik qilgan UFC Fight Night turnirida rossiyalik Andrey Pulyaevni birinchi raundda sabmishen orqali taslim etib, g'alabali seriyasini uchtaga etkazib olgandi.
39 yoshli Maykl Peyj hisobida esa 25 ta g'alaba hamda 3 ta mag'lubiyat bor. U ham oxirgi uchta jangini muvaffaqiyatli nihoyalagan. SHara Bullet, Jared Kannonir va Sem Petterson uning so'nggi "o'ljalari" edi.

Fikrlar