21 apr 14:38
Yangiliklar
Futbol
"Nyukasl" o'z etakchisi uchun "Bavariya"dan 75 million funt so'ramoqda
The Times malumotlariga ko'ra, "Nyukasl" "Bavariya"ga Entoni Gordonni sotish bo'yicha muzokaralarni boshlashga tayyor.
Buning uchun nemis klubi kamida 75 million funt taklif qilishi lozim bo'ladi. Avvalroq vinger o'z atrofidagilarga Myunxen klubiga o'tishga tayyor ekanligini aytgani haqida xabarlar paydo bo'lgan edi.
"Bavariya" 25 yoshli o'yinchini bu yozdagi asosiy transferlardan biri sifatida ko'rib chiqmoqda.
Ayni vaqtda "Bavariya" Gordon uchun kurashda yaqqol favorit hisoblanmoqda. Gordonning agentlari yaqin vaqt ichida "Bavariya" vakillari bilan uchrashishi mumkin.
Joriy mavsumda Entoni APLda 26 o'yin o'tkazib, 6 ta gol urdi va 2 ta golli uzatma berdi.

Havola :
Fikrlar