30 okt 12:43
Yangiliklar
OCHL 2. "Andijon" joylashgan guruhda peshqadam o'zgardi
Bahraynda "Al Haldiya" Qatarning "Al Ahli" jamoasini qabul qildi.
Gap shundaki, B guruhida 3-tur ortda qolgan va oldinda 4-tur bahslari kutmoqda. Biroq "Al Al Haldiya" - "Al Ahli" uchrashuvi 5-tur doirasida o'tkazildi. Ushbu o'yinning barvaqt o'tishiga sabab shuki, Bahrayn terma jamoasining Arab Kubogi saralashida qatnashishi inobatga olinib, taqvim elon qilinganida ham ushbu o'yin 29 oktyabrga belgilangan.
"Andijon" esa 5-turni 26-noyabr kuni "Bobur Arena"da Turkmanistonning "Arkadag" klubiga qarshi o'tkazadi.
29 oktyabr. "Al Haldiya" - "Al Ahli" -1:2 (0:0).
Gollar: Dris Fettouhi, 65 - 0:1. Muhammad Al Romayhi, 74 - 1:1. Sekou Yansan, 90 - 1:2.
Ushbu g'alabadan so'ng "Al Ahli"ning ochkolar soni 6 taga etdi va ular ayni vaqtda turnir jadvalini boshqarib turishibdi. "Al Haldiya"ning hisobida esa 5 ochko bor. "Andijon" ayni vaqtda 3 ochkoga ega.

Fikrlar