21 dek 17:29
Yangiliklar
Boks/MMA

Odiljon Aslanov prof boksdagi debyutini nokautli g'alaba bilan nishonladi
Bugun boks bo'yicha O'zbekiston chempioni Odiljon Aslonov prof ringda debyut qildi.
Krasnoyarsk shahrida tashkil etilgan jang oqshomida hamyurtimiz Rossiyalik Varazdat CHernikovga qarshi jang qildi. 6 raundga mo'ljallangan jang ikkinchi raundda nihoyasiga etdi. Raund davomida hamyurtimiz o'zining kuchli zarbasi bilan raqibini nokdaun holatiga tushirdi. SHundan so'ng raqib jangni davom ettira olmasligini malum qildi va Odiljon prof ringdagi ilk jangida ajoyib g'alabani qo'lga kiritdi.
Qayd etish lozimki, hamyurtimiz bungacha birinchi raundda ham raqibini nokdaun holatiga tushirgandi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar