20 dek 13:29
Yangiliklar
Boks/MMA

Odiljon Aslonov debyut oldidan tarozidan o'tdi, ertaga jang + FOTO
Xabar berib o'tganimizdek, boks bo'yicha O'zbekiston chempioni Odiljon Aslonov ertaga prof boksda debyut qiladi.
Rossiya Federaciyasining Krasnoyarsk shahrida tashkil etiladigan jang oqshomida hamyurtimizga mezbon sportchi Varazdat CHernikov raqiblik qiladi. Jang 6 raundga mo'ljallanadi.
Bugun bokschilar bahs oldidan tarozidan o'tishdi. Unga ko'ra hamyurtimiz 72,6 kg tosh bosdi.
CHernikov shu kungacha prof boksda 25 marotaba jang qilib, ularning 11 tasida g'alaba qozongan (5 ta nokaut). 14 ta jangda esa mag'lub bo'lgan (9 ta nokaut).
Qayd etish lozimki, oqshomning markaziy jangida Denis Lebedev JAR vakili Tabiso Mchunuga qarshi ringga ko'tariladi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar