So’nggi yangiliklar

11:08UzChess Cup III. Нодирбекларда аламли мағлубият. Бугун Мадаминов ёки Воҳидов чемпион бўлиши мумкин 0 10:42Оз қолди! Ўзбекистон МТЖнинг навбатдаги машғулотидан ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 10:07UFC White House. Марказий жанг муддатидан олдин тугади 0 09:41Красноярскдаги турнирни 5 та медаль билан якунладик, Азаматова чемпион! 0 09:06Алекс Перейрани чемпионлик жангида нокаут қилишди 0 08:4972 йилдан сўнг ЖЧда ушбу ҳолат яна бир бор содир бўлди 0 08:28Оқ уй: Шон О'Мэлли иштирокидаги жанг ҳам муддатидан аввал якунланди 0 08:11Деррик Льюис Оқ уйда жанг қилди 0 07:18UFC Freedom 250. Майкл Чендлерни биринчи раунддаёқ нокаут қилишди 0 17:59Ян Облак "Атлетико”дан бошқа клубга ўтиши мумкин 0 17:30Улар муҳаббат шаҳрида + ФОТО 0 16:54Кэти Тэйлорнинг хайрлашув жангига чипталар 30 дақиқада сотиб бўлинди 0 16:26Тошкентда ўтган Octagon 87 турниридан ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 15:55Рафинья "Барселона" бўйича қарор қабул қилди 0 15:28Топурия Махачев билан жанг учун даҳшатли сумма сўраган экан 0

13 mar 19:09
Yangiliklar

Boks/MMA

Odiljon Aslonovning navbatdagi raqibi malum, u Golovkinning sobiq raqibi bilan jang qiladi

Teglar :  BoksOdiljon Aslonov
Professional boksda faoliyatini boshlagan hamyurtimiz Odiljon Aslonov 21 mart kuni prof boksda navbatdagi jangini o'tkazadi.

Bu haqida bokschimiz Olamsport.com sayti muhbiri bilan suhbatda malum qildi. 

Unga ko'ra Aslonov 21 mart kuni Vladikavkazda o'tkaziladigan jang oqshomida ugandalik Kassim Oumaga qarshi ringga ko'tariladi. Malumot uchun, Ouma shu kungacha prof boksda 44 ta jang o'tkazgan va ularning 29 tasida g'alaba qozongan (18 ta nokaut). 14 marotaba mag'lub bo'lgan (3 ta nokaut). 1 ta durangga erishgan. 

Qayd etish lozimki, u 2017 yili WBA kamari uchun Gennadiy Golovkinga qarshi ringga ko'tarilgan va mag'lub bo'lgan. Bundan tashqari, 2013 yilda boshqa bir hamyurtimiz Quvonchbek Toygonboev bilan ham to'qnash kelgan va g'alaba qozongan. 

Odiljon Aslonov esa prof boksda 2 marotaba jang qilib, ularning har ikkisida ham g'alaba qozongan. U janglarining birida raqibini nokaut evaziga ham mag'lub etishni uddalagan. 

Malumot uchun, o'sha kungi jang oqshomida boshqa bir bokschilarimiz SHukurjon Rahimov hamda Ulug'bek Mubinovlar ham ringga ko'tariladi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing