So’nggi yangiliklar

13:11"Mangu 5" турнири олдидан ўтказилган face-to-face маросимидан ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 12:20Бутунжаҳон шахмат Олимпиадаси тугашига иккита тур қолди. Бугун кимлар рақиб бўлади? 0 11:55Ўзбекистонда қатор профессионал футбол клублари ишончли бошқарувга берилади 0 11:27Бугун Тошкентда юлдузли кардга эга Mangu 5 турнири ўтказилади 0 09:16Озарбайжон сафида фаолият олиб бораётган Саиджамшид Жафаров Европа чемпионига айланди! 0 07:48Ўзбекистонлик спортчиларнинг Осиё ўйинларидаги иштирокидан ОНЛАЙН 0 20:30Бутунжаҳон шахмат Олимпиадаси: Ўзбекистон АҚШни, Ўзбекистон-2 эса Нидерландияни мағлуб этди (барча натижалар) 0 19:07Осиё ўйинларининг еттинчи кунида иштирок этадиган ўзбекистонлик спортчилар рўйхати маълум бўлди 0 18:55Осиё ўйинларининг олтинчи кунидан сўнг медаллар жамғариш рейтингида ўрнимиз қандай? 0 18:20Осиё ўйинларининг олтинчи кунини 5 та медаль билан тугатдик 0 18:17Европанинг етакчи лигалари ФИФА бошқарувини ислоҳ қилишни талаб қилмоқчи 0 17:59Осиё ўйинларининг эртанги кунида икки боксчимиз рингга чиқади 0 16:22АҚШга кетган Достон Бозоровнинг Octagon 92 турниридаги рақиби маълум бўлди 0 15:01Амирхон Алихўжаев Mangu 5 турнирида жанг қилади, рақиб яна Россиядан 0 13:30Ўзбекистон тарихда илк бор Эронга 3 та гол урди 0

01 okt 13:19
Yangiliklar

Futbol

O'FA terma jamoalar bo'limi sobiq rahbari: "Argentina bosh tortdi, biz esa Urugvay bilan kelishuvga erishdik"

O'FA terma jamoalar bo'limi sobiq rahbari SHerzod Igamberdiev MTJ oktyabrdagi FIFA kunlariga ikkinchi raqib topa olmagani bo'yicha izoh berdi.

"O'rtoqlik o'yinlari bir oy oldin emas, balki ancha oldin tasdiqlanadi, shuning uchun oktyabr oyining birinchi sanasida hali raqib topa olmaganimizning ildizi sentyabrga borib taqalmaydi.

Kuzgi o'yinlarni o'tgan yildan beri izlab yurgandik. Oktyabr oyi uchun bizda Argentina va Urugvay ishtirokidagi Xitoydagi o'tkaziladigan musobaqa varianti bor edi. Bu turnir haqida Ravshan Sayfiddinovich Ermatovning o'zi Xitoy associaciyasi rahbariyati bilan shu yilning bahorida Malayziyadagi OFK Kongressida bo'lganimizda gaplashgandi. Biroq, malum ichki sabablarga ko'ra, Xitoy bu o'yinlarni bekor qildi (oxir-oqibat, o'zi ham oktyabr oyida o'ynamaydigan bo'ldi), o'yinlar homiysi bo'lgan Xitoy kompaniyasi esa biz bilan ushbu uchrashuvlar bo'yicha muzokaralarni davom ettirdi, lekin endi o'yinlar Xitoyda emas, Malayziyada o'tkaziladigan bo'ldi.

Malum bir bosqichda Argentina o'yinlarda ishtirok etishdan bosh tortdi, biz esa 9 oktyabr kuni Malayziyada Urugvay bilan o'yinni tasdiqladik. SHundan kelib chiqib, oktyabr oyining ikkinchi sanasi - 13 yoki 14 oktyabr uchun variantlarni izladik. Ammo, avgust oyida Urugvay bizga 9-kuni o'ynay olmasligini malum qildi va o'yinni 13 oktyabrga ko'chirishni yoki o'yinni bekor qilishni so'radi.

Oktyabr oyining ikkinchi sanasiga bo'lgan kelishuvlarimizni bekor qildik. Oxirgi pallada 9 oktyabrga variantlar qidira boshladik. Yuqori moliyaviy so'rovlar tufayli Boliviya bilan kelishuvga erisha olmadik. Yakunda ular Iordaniya bilan o'ynaydigan bo'lishdi, Marokash esa bizga qarshi faqat o'z maydonida o'ynashga tayyor edi. Rossiya bilan bo'lgan variantni Xitoydagi musobaqa ehtimoli paydo bo'lgani tufayli oldinroq bekor qilib yuborgandik. Ushbu uchta terma jamoa oktyabr oyida rasman MTJ bilan o'rtoqlik o'yinida ishtirok eta olishini tasdiqlagan edi.

Bu yog'iga bunday tushunmovchiliklar bo'lmasligi kerak. Noyabr oyida ko'plab yaxshi darajadagi Afrika terma jamoalari bilan o'ynash imkoniyati bo'ladi. Kelasi yil mart oyida esa Portugaliya terma jamoasi bilan o'ynashimiz mumkin. Ravshan Irmatovning shaxsan o'zi sobiq FIFA hakami va hozirgi kunda Portugaliya futbol federaciyasi prezidenti Pedro Proensa bilan gaplashgandi. SHuningdek, Toshkentda FIFA Series musobaqasiga mezbonlik qilish imkoniyatimiz bor. FIFAning yangi musobaqasini o'tkazish uchun arizani yil boshida topshirgan edik. FIFAdan esa yaqindagina javob keldi, Janni Infantino Toshkentga kelgan vaqti.

1 iyunda esa JCH-2026 mezbon terma jamoalarining biri bilan o'ynaymiz. Kelishuv imzolanib ham bo'lgan. Muhimi, mundialda ushbu terma jamoa bilan bir guruhdan joy olmasak bo'lgani," - deya yozmoqda SHerzod Igamberdiev ijtimoiy tarmoqdagi sahifalaridan birida.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing