20 mar 18:56
Yangiliklar
O'ldi deyilgan Dani Alves ozodlikka chiqarildi
"Barselona" sobiq himoyachisi tungi klubda qizni zo'rlaganlikda ayblanib, 4 yarim yilga qamalgan, qo'shimchasiga yana 5 yil shartli qamoqqa hukm qilingan edi. SHuningdek, u jabrlanuvchiga 150 ming evro to'lab berishi hamda unga 9 yarim yil davomida yaqinlashmasligi lozim.
Futbolchining vakillari qarorga apellyaciya berishdi. SHundan so'ng Alves hukm kuchga kirishni boshlagunga qadar uni ozod qilishlarini so'radi: "Men qochmoqchi emasman, men adolatga ishonaman".
"Marca" nashrining yozishicha, Barselona sudi sobiq futbolchini yakuniy qaror kuchga kirgunga qadar ozodlikka chiqarishga qaror qilgan. Lekin, buning uchun Alves 1 million evro miqdorida garov puli to'lashi kerak.
Eslatib o'tamiz, 10 mart kuni braziliyalik jurnalist Dani Alves o'z joniga qasd qildi deb xabar tarqatgan edi.
Fikrlar