19 mar 15:20
Yangiliklar
"Olimp cho'qqisi"ni eng ko'p zabt etgan afsonaviy chempionlar (Top 10)
Kim xam "Olimp cho'qqisi"ni zabt etishni xohlamaydi? Ammo, to'rt yilda bir bor o'tkaziladigan bu musobaqada zafar quchish hammaga ham nasib etmaydi.
Siz bilan nafaqat bu musobaqada g'alaba qozongan, balki, "Olimp cho'qqisi"ni ko'p bora zabt etib tarixda iz qoldirgan o'n nafar afsonaviy sportchi bilan tanishib chiqamiz.
10. Jennifer Elizabet "Jenni Bet" Tomson (8 oltin, 3 kumush, 1 bronza)
Amerikalik suzuvchi Jenni Bet 1973 yil 26 fevralda dunyoga kelgan. Etti yoshdan suzishni boshlagan Jennida murabbiylari ajoyib iqtidorni ko'radi. O'n to'rt yoshdan boshlab u musobaqalarda qatnasha boshlaydi. Jenni 1992 yilda ilk bor Olimpiya o'yinlarida qatnashadi va ikkita oltin, bitta kumush medalga ega chiqadi. Faoliyati davomida amerikalik sportchi to'rt bora Olimpiya o'yinlarida ishtirok etgan va sakkizta oltin, uchta kumush bitta bronza medalni qo'lga kiritgan.
Qaxramonimiz xaqida yana bir qiziqarli fakt. Jenni Bet Olimpiadadagi barcha oltin medalni suzish bo'yicha estafetada qo'lga kiritgan. Uning faoliyatidagi so'ngi musobaqa 2004 yilgi Afina Olimpiadasi bo'lgan. Xozirga kelib Jenni Bet Boston shifoxonasida anestaziolog bo'lib ishlamoqda.
9. Savao Kato (8 oltin, 3 kumush, 1 bronza)
Navbatdagi qaxramonimiz Olimpiya o'yinlarida doimo kuchlilar qatorida turuvchi Yaponiya davlati vakili, gimnastikachi Savao Kato. Sakkiz karra olimpiya o'yinlari g'olibi Savao Kato 1946 yil 11 oktyabr Yaponiyaning Niigata shahrida dunyoga kelgan. Kato Olimpiadalarda 8 oltin, 3 kumush va 1 bronza medalini qo'lga kiritgan.
Karerasini yakunlagandan so'ng yaponiyalik gimnastikachi avvaliga sharhlovchi bo'lgan. Hozirda esa Savao Kato Cukubi universitetida professor bo'lib faoliyat yuritmoqda. Yana bir malumot, 2001 yilda Savao Katoning nomi xalqaro gimnastikachilar zalidan joy olgan.
8. Byorn Erlinn Deli (8 oltin, 4 kumush)
Byorn Erlinn Deli 1967 yil 19 iyun kuni Xedmark shahrida to'g'ilgan. Norvegiyalik afsonaviy sportchi Erlinn Byorn nafaqat olimpiyada, balki, jaxon sportida ham o'chmas iz koldirgan. U qishki sport turi bo'yicha Olimpiya o'yinlarida va jahon chempionatlarida eng ko'p sovrin qo'lga kiritgan sportchi hisoblanadi. Byorn so'ngi bor 1998 yil qishki Olimpiya o'yinlarida uchta oltin va bitta kumush medalni qo'lga kiritadi. Bir yildan so'ng chang'i uchish ”kiroli” jarohati sabab faoliyatini yakunlaydi. 2001 yilda esa norvegiyalik buni rasman elon qiladi. O'sha vaqtda u 34 yoshda bo'lgan.
7. Birgit Fisher (8 oltin, 4 kumush)
Keyingi o'rinda sport afsonasi, baydarkada uchish bo'yicha 8 karra Olimpiada chempioni Birgit Fisher. U 1962 yil 25 fevralda Germaniyaning Brandenburg-na-Xafele shahrida dunyoga kelgan. Olti yoshga to'lishi bilan o'z otasi qo'l ostida shug'ullana boshlaydi. 1979 yilda o'n etti yoshga kirgan Fisher birinchi bor jahon chempioniga aylangan va 1980 yilgi Moskvada Olimpiya o'yinlariga yo'llanma olgan. O'sha paytdagi siyosiy jarayonilar qaxramonimizga ham tasir kilgan. 1984 yil Germaniyaga berilgan boykot tufayli Fisher Olimpiadaga bora olmaydi. Ammo, bu uni tushkunlikka tushurmaydi. 1988 yilgi Olimpiya o'yinlarida u ikkita oltin va bitta kumush medalini ko'lga kiritadi. Bergit Fisher universitetni tamomlash va bola tarbiyasi sabab ko'p bor sportdan chekinadi. Ammo, germaniyalik afsona xar gal ajoyib qaytishlarni amalga oshirgan.
6. Ule-Eynar Byorndalen (8 oltin, 4 kumush, 1 bronza)
Qishki Olimpiya o'yinlarida eng ko'p sovrin yutgan Ule-Elnar Byorndalen 1974 yil 27 yanvar Norvegiyaning Dremman shahrida tavallud topgan. U 2014 yili qishga o'yinlarda vatandoshini Byorn Delini olimpiyada medallari bo'yicha ortda qoldiradi. 2016 yil 16 iyulida Byorndalen Darya Domracheva bilan turmush quradi.
Byorndalen 2018 yil 44 yoshida rasman o'z professional faoliyatini yakunlaydi.
5. Karl Lyuis (9 oltin, 1 kumush)
Beshligimizni amerikalik engil atletikachi Karl Lyuis ochib beradi. 1961 yil tavallud topgan Lyuis bolaligida amerika futboli va suvda sakrash sporti bilan shug'ullangan. Amerikalik sportchi yoshligida ancha nimjon bola bo'lgan. Xatto, yugurishda doim o'z singlisiga mag'lub bo'lgan. SHu sababli shifokorlar unga sport bilan muntazam shug'ullanishini tavsiya qilishgan. U birinchi bor 1984 yil 23 yoshida Los-Anjeles Olimpiadasida ishtirok etgan va barcha yo'nalishda oltin medalni qo'lga kiritgan.
Karl Lyuis o'zining so'nggi Olimpiadasiga jarohatlar bilan boradi. Lekin, shunga qaramay u taslim bo'lmadi. 1996 yilgi Atalanta Olimpiadasida uzoqqa sakrash bo'yicha o'zining sungi oltin medalini qo'lga kiritadi va bir yildan so'ng faoliyatini yakunlaydi.
4. Mark Endryu Spitc (9 oltin, 1 kumush, 1 bronza)
Amerikalik suzuvchi 1950 yil Kaliforniyada dunyoga kelgan. Endryu Spitcning sportga kirib kelishida otasi katta rol o'ynaydi. U farzandini eng yaxshi murabbiylar qo'l ostida shug'ullantiradi. 1968 yilgi Olimpiya o'yinlarida 18 yoshli Endryu suzish bo'yicha barcha yo'nalishda sovrindor bo'ladi. O'zining so'ngi Olimpiyadasida etti yo'nalishda rekord o'rnatadi va xuddi shuncha oltin medalni qo'lga kiritadi. 33 ta jahon rekordini o'rnatgan va 3 karra yilning eng zo'r suziuvchisi bo'lgan Endryu Spitc 1992 yil o'z faoliyatini yakunlaydi.
3. Paavo Yoxannes Nurmi (9 oltin, 3 kumush)
Kuchli uchligimizni finlyandiyalik engil atletika afsonasi Paavo Nurmi ochib beradi. U 1897 yil 13 iyunda tavallud topgan. 13 yoshida otasidan ayrilgan Nurmining bolaligi og'ir kechadi. Etim qolgan bolakay o'qishni tashlab, oilasini boqish uchun zavodda ishlaydi.
Harbiy xizmatga o'tab qaytgach, Nurmining sportdagi muvaffaqiyatli onlarni boshlanadi. Qaxramonimiz uch bora Olimpiya o'yinlarida ishtirok etgan va o'n bir marotaba sovrindorlar qatorida bo'lgan. U faoliyatini yakunlagandan so'ng biznes bilan ham shug'ullangan.
To'qqiz karra Olimpiya o'yinlari g'olibi Paavo Nurmi 1973 yil 76 yoshida vafot etadi.
2. Larisa Semyonovna Latinina (9 oltin, 4 kumush, 5 bronza)
Sport gimnastika afsonasi Larisa Semyonovna Olimpiya o'yinlarida eng ko'p sovrin yutgan ayol hisoblanadi. U 1934 yil Ukrainaning Xerson shahrida to'g'ilgan. Birinchi bo'lib Larisa balet bilan shug'ullangan va katta teatrda ham chiqish kilgan. Ammo, keyinchalik uning faoliyatida o'zgarish yuz beradi va 1950 yil sport gimnastikasida debyut qiladi. U 1956, 1960, 1964 yillari Olimpiya o'yinlarida qatnashgan va katta muvaffaqiyatlarga erishgan. Faoliyatini yakunlagandan so'ng qaxramonimiz 1966 - 1976 yillar oralig'ida SSSRning qizlar terma jamoasi murabbiyi bo'lgan.
1.Maykl Fred Felps II (23 oltin, 3 kumush, 2 bronza)
Ro'yxatimizning birinchi o'rnini amerikalik suzuvchi Maykl Felps egallagan. U 1985 yil 30 iyun kuni Amerikaning Baltimor shahrida dunyoga kelgan. Etti yoshidan boshlab suzush bilan shug'ullangan. Mana o'n yildirki u jahon rekordchisi hisoblanadi. Pekin Olimpiadasida Felps barcha yo'nalishda chempion bo'ladi va oltin medallar bo'yicha Olimpiada rekordchisiga ham aylanadi. Doimo birinchilikni qo'lga kiritgan qaxramonimiz Rio-2016 Olimpiadasidan so'ng o'z faoliyatini yakunlagan. O'sha yilning o'zida u fotomodel Nkol Jonson bilan turmush kuradi.
Kamron Hasanov tayyorladi
Fikrlar