14 okt 16:10
Yangiliklar
Tennis

Fomin Xitoyda g'alabali yurishini davom ettiryapti
SHu kunlarda Xitoyning SHenjen shahrida tennis bo'yicha "CHellenjer" turkumiga kiruvchi Shenzhen 4 turniri bo'lib o'tmoqda.
Mukofot jamg'armasi 100 000 AQSH dollarini tashkil qiluvchi musobaqaning saralash bahslarida O'zbekistonning ikkinchi raqamli tennischisi Sergey Fomin muvaffaqiyatli ishtirok etib, hal qiluvchi bellashuvda amerikalik Evan CHjuni mag'lub etgandi.
Fomin bugun asosiy to'rning ilk davrasida Franciya vakili Artur Veber bilan to'qnash keldi va 2:0 (6/4, 6/4) hisobida zafar quchdi. Sergey bu g'alaba orqali musobaqa nimchorak finaliga yo'l oldi.
Taqqoslash uchun, Fomin ATP reytingida 490, Veber esa 485-pog'onadan joy olgan.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar