14 okt 16:55
Yangiliklar
Boks/MMA

"Umar Nurmagomedovga chempionlik jangi uchun yana ikkita jang kerak" - Sterling
UFC sobiq chempioni Aljemeyn Sterling Umar Nurmagomedov Mario Bautistani mag'lub etgani bilan, chempionlik jangiga loyiq bo'lib qolmasligini aytdi.
"Agar Mario g'alaba qozonsa, unda chempionlik uchun imkoniyatlar bo'ladi. Uning uzoq g'alabali seriyasi bor va Bellator'ning ko'p karra chempioni Patrik Miksni mag'lub etgan.
Ammo Umar g'alaba qozonsa, yana bitta jang qilishi kerak bo'ladi. Umar chempionlik jangiga ega bo'lishi uchun kamida ikki marotaba g'alaba qozonishi kerak. Aks holda yuqorida "tirbandlik" hosil bo'ladi", - dedi Sterling.
Havola :
Manba : MMA Junkie
Fikrlar