So’nggi yangiliklar

10:32Артур Бетербиев қизиқарли янгиликлар ваъда қилди 0 10:01"Бу йигитларни қўллаб-қувватлаш керак". Пейж UFC’даги паст гонорарлар бўйича танқидга қўшилди 0 09:30Месси ва Суареснинг узатмалари "Интер Майами"га "Нью-Йорк Сити"ни мағлуб этишга ёрдам берди 0 08:59Жалолов рингга чиқадиган оқшомда 121 та мағлубияти бор боксчи жанг қилади 0 08:28Алекс Перейра Пауло Коста нима учун Магомед Анкалаевни мағлуб этишини тушунтирди 0 07:57"Янга қарши иккинчи жангнинг бошидаёқ ғалаба қозона олмаслигимни тушуниб етдим" - Двалишвили 0 07:26ЕЧЛ. Ҳусанов тўлиқ ўйнаган учрашувда ПСЖ "Манчестер Сити"ни таслим этди + ВИДЕО 0 19:30Вирал сурат ортидаги Мерьем: Туркия волейболининг 20 ёшли гўзали бутун дунёни ўзига қаратмоқда 0 19:05Умматалиев Бивол билан машғулот ўтказмоқда (ВИДЕО) 0 18:37Алекс Перейранинг синглиси UFC билан шартнома имзолай олмади 0 18:09Тошкент мезбонлик қиладиган IBA Nomad 16 турнирининг тўлиқ карди эълон қилинди 0 17:30Мареска "Ман Сити" иши ҳақида ўз фикрини билдирди 0 16:42Мағлубиятсиз одимлаётган ўзбек — Сиро Чойнинг навбатдаги рақиби ва жанг санаси маълум 0 16:162027 йилги Бриллиант Лигаси тақвими эълон қилинди 0 15:39Шавкат Раҳмоновнинг навбатдаги жанг санаси ва рақиби ҳақида маълумотлар пайдо бўлди 0

14 okt 09:26
Yangiliklar

Futbol

Fabio Kannavaro: "Bizda buni o'nglash uchun yana 8 oy vaqt bor"

Urugvayga qarshi o'rtoqlik uchrashuvidan so'ng O'zbekiston terma jamoasi ustozi Fabio Kannavaro matbuot anjumanida jurnalistlar savollariga javob berdi.

Afsuski, bu o'yinda 9 nafar futbolchimiz jarohat sabab qatnasha olmadi. Menda bor futbolchilarni ko'rib olish, ular bilan vaqt o'tkazish men uchun juda muhim edi. Yigitlarning harakatlaridan mamnunman, ular bugun borin berib o'ynashdi. Ikki kun avval Malayziyaga keldik va bugun maydondamiz. Bu vaqt ichida dam olishning deyarli iloji yo'q.

- Urugvaydek jamoaga gol urish futbolchilarga qo'shimcha ishtiyoq bersa kerak...

- Albatta, bunday bahslarda raqib darvozasini ishg'ol qilish juda muhim. Avvalroq gol urishimiz ham mumkin edi, yaxshi vaziyatga ega bo'ldik. To'psiz o'yinda ijobiy harakat qildik. Urugvayni qiyin vaziyatga solib qo'yish oson emas, ularning ko'pchiligi Braziliya chempionatida to'p tepishadi. Qo'l ostimda juda yaxshi jamoa bor, uni yanada kuchaytirishning iloji bor.

- Hamkasbingiz Marselo Belsa siz haqingizda yaxshi fikrlar bildirdi...

- Belsadek mutaxassisdan ijobiy fikrlash eshitishdan xursandman. U futbol mentalitetini o'zgartira olgan murabbiylardan biri hisoblanadi. Marselo Belsadan ko'p narsalarni o'rganishim kerak.

- O'zbekiston terma jamoasi jismoniy jihatdan Urugvaydan ancha orqada ekan...

- Ha, fikringizga qo'shilaman. Bizda buni o'nglash uchun yana 8 oy vaqt bor. Bu faqat mashg'ulotga emas, ko'p narsalarga bog'liq. Ovqatlanish, mashg'ulot, o'z vaqtida uxlash... Mundialga bosqichma-bosqich tayyorgarlik ko'rish kerak. Jahon chempionati qiyin bo'lishi aniq.

- Murabbiyning keyingi rejalari qanday, u O'zbekistonga qaytadimi? Noyabrdagi FIFA kunlaridagi raqiblarimiz kimlar bo'ladi?

- Eshitishimcha, associaciya noyabr oyida ikkita bahsga kelishib olgan. Ushbu bahslar Dubayda o'tkaziladi. Men O'zbekistonda qolib, milliy chempionat bahslarini kuzataman, murabbiylar bilan tanishaman.

- Kuchli terma jamoalar gollarni katta bosim ostidagi hujumlardan so'ng uradi, bugun huddi shunday bo'ldi. Ikkala gol ham jiddiy bosimdan so'ng ro'y berdi. Mundialda bizga qarshi o'ynaydigan kuchli huddi shu yo'ldan yurishadi.

- Birinichi gol ofsayddan urildi. Ikkinchisida raqibga ko'p hududni topshirib qo'ydik. O'z jarima maydonchamiz ichida bir-birimizga yaqin o'ynashimiz kerak. Etibor va koncentraciya juda muhim. Tanaffusda ham yigitlarga birinchi o'n besh daqiqalik muhimligini aytib o'tdim. Diqqatimizni bir joyga to'play olmasak, nima bo'lishi mumkinligini bugun ko'rdik.

- Zaxiradan o'yinga qo'shilganlar haqida qanday fikrdasiz?

- Yigitlar maydonga yaxshi "nastroy"da tushishdi. Ikkinchi bo'limda maydondagi futbolchilarning kayfiyati biroz tushkun ekanligini ko'rib, ularni ruhlantirishga urindim. Bahs oxirida yaxshi harakat qildik, gol urishga muvaffaq bo'ldik. Men kelganimdan buyon har bir futbolchi borini berib o'ynayapti.

Reyting: +1   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing