14 okt 11:32
Yangiliklar

Kurash Islom Birdamlik o'yinlari dasturiga kiritildi
Mazkur kompleks turnir 7-21 noyabr kunlari Saudiya Arabistonining Ar-Riyod shahrida bo'lib o'tadi.
IKA Bosh kotibi Muhammad Reza Nascirining Osiyo va Afrikadagi barcha milliy Kurash federaciyalariga yuborgan rasmiy xatida qayd etilishicha, ushbu musobaqada ishtirok etish imkoniyati barcha Islom mamlakatlari federaciyalari uchun ochiq hisoblanadi.
Tashkilotchilar bilan kelishuvga ko'ra, har bir mamlakat delegaciyasi uchun 6 nafar ishtirokchiga bepul turar joy va ovqatlanish taminlanadi. Ular 2 nafar murabbiy, 2 nafar erkak va 2 nafar ayol sportchidan iborat bo'lishi talab etiladi.
Kurash bellashuvlari erkaklar o'rtasida –66 kg, –81 kg, ayollar o'rtasida esa –57 kg, –70 kg vazn toifalarida tashkil etiladi.
Fikrlar