So’nggi yangiliklar

23:47Иккала боксчимиз ҳам IV Ёшлар Олимпиадаси финалида! Қозоғистонлик рақиб мағлуб этилди 0 20:11Бразилияда онлайн-ставкалар тақиқланди. Мамлакат футболи 2027 йилда қанча пул йўқотишини ҳисоблаб чиқишди 0 19:40IBF рейтинги. Ўзбек боксчиларининг ўрни қандай? 0 19:09Гандболчиларимиз Покистондаги мусобақада муваффақият қозонишди 0 18:38Хамзат Чимаев: "Уч ойдан бери кутаман - UFC’да мени нима кутаётганини билмайман" 0 18:07"Ливерпуль" сардори келажаги ҳақида гапирди: "Акс ҳолда бошқа жойга кетаман" 0 17:36Айтжан Халмаханов: "Асосий мақсадим — Олимпиада чемпиони бўлиш!" 0 17:05Путиннинг махсус вакили UFC турнирларини Россияга қайтариш устида иш олиб борилаётганини айтди 0 16:34Маурисио Сулаймон: "WBC қоидалари Мейвезерга чемпионлик учун курашишга рухсат беради" 0 16:03МЮ Кэррикни бўшатмоқчи эмас. Клуб раҳбарияти мураббийлар штабини кучайтириш устида бош қотирмоқда 0 15:42Мадримовнинг вазнида бирлаштирувчи чемпионлик жанги ўтказилади 0 15:11WBO рейтинги. Баҳодир Жалолов кучли тўртликка кириб олди 0 14:40Пётр Ян дунёнинг энг яхши боксчисини айтди 0 14:09Ўзбекистон терма жамоаси собиқ мураббийи: "Россия оптимал таркибда майдонга туша олмайди. Бу ўйинда Ўзбекистон фаворит" 0 13:38Шахматчиларимиз Осиё Миллатлар кубогини ғалаба билан бошлашди. Бугун Ҳиндистонга қарши ўйнаймиз! 0

31 okt 07:14
Yangiliklar

Boks/MMA, Tennis, Taekvondo

Olimp sari intilgan alplar

Toshkent viloyati jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi tasarrufidagi sportning yakkakurash turlari bo'yicha ixtisoslashtirilgan bolalar-o'smirlar sport maktabi shug'ullanuvchilarining ko'pchiligi milliy terma jamolar safida yurtimiz sharafini himoya qilishadi.

Bugun mazkur sport maktabida boks, dzyudo, og'ir atletika, erkin kurash, yunon-rum kurashi, karate, taekvondo (VTF), kurash, qo'l jangi, velosport, o'q otish, ot sporti turlari mavjud bo'lib, 712 sportchi 50 nafar tajribali murabbyilar qo'l ostida mahoratlarini oshirib borishyapti. 

Sport maktabi tasarrufidagi Bo'stonliq tuman CHorbog' qo'rg'onida og'ir atletika bazasi, Angren shahridagi boks zallari hamda viloyatning tuman va shahar hududlarida joylashagan mashg'ulot zallarida etarlicha yaratilgan shart-sharoitlardan unumli foydalangan sportchilar mamlakat va xalqaro miqyosidagi bellashuvlarda deyarli medallar bilan qaytishmoqda. 

Bunga yaqqol dalilni qo'l jangi, dzyudo, boks, taekvondo (VTF), velosport, og'ir atletika, kurash, o'q otish, yunon-rum kurashi, karate singari sport turlaridan erishilgan natijalar ham ko'rsatib turibdi. 

SHohida Rahimova (qo'l jangi), SHahnoza Nizomova (qo'l jangi), Dilfuza Rustamova (dzyudo), Asliddin Boboev (boks), Oybek Jo'raev (boks), Jafarbek SHahbozov (boks), Asadbek Xoliqov (taekvondo VTF), Jamila Panfilova (og'ir atletika), Umida Qirg'izboeva (og'ir atletika), Tohir Qutbiddinov (dzyudo), Dilfuza Rustamova (dzyudo), Iroda Azimboeva (o'q otish), Bekzod Rahmatullaev (o'q otish), Oybek Asilov (o'q otish), SHahnoza Nizomova (qo'l jangi)lar kabi o'nlab milliy va xalqaro musobaqalar g'olib va sovrindorlari bor. 

Boks bo'yicha yaqindagina Toshkent shahrida bo'lib o'tgan O'zbekiston chempionatida tajribali murabbiylar Mahmud Xo'jaev hamda Ilyos Rahimjonovlar qo'l ostida shug'ullanadigan bokschilardan Oybek Jo'raev (56 kg.), Elnur Abduraimov (64kg.), Jahongir Rahmonov (69 kg.), Abdumalik Xalakov ( 60 kg. Zangiota t.) birinchi, Sardor Muzaffarov (60 kg.) ikkinchi, Mamurjon Eshquvvatov (49 kg.), Doston Xo'jaev (52 kg.), Janbolat Ermaxanov (69 kg.), Bekzodbek Tursunboev (69 kg.), Sanjar Tursunov (91 kg.) uchinchi o'rinlarni qo'lga kiritib, umumjamoa hisobida birinchi o'rinni egallagani Toshkent viloyati uchun ham, viloyat boks federaciyasi (raisi G'ayrat Abduvohidov) hamda sport maktabi uchun ham faxr va g'urur ekani hamda ushbu maskanda sportga bo'lgan etibor yuqoriligidan dalolat.  

So'zimiz boshida aytib o'tganimizdek, ayni paytda O'zbekiston milliy terma jamoalari safida og'ir atletika bo'yicha o'n ikki nafar, o'q otish sport turida to'qqiz nafar, taekvondo (VTF)da o'n bir nafar, velosportda to'rt nafar, karateda sakkiz nafar, boksda o'n bir nafar, dzyudoda uch nafar sport maktabi shug'ullanuvchilari mamlakatimiz sharafini himoya qilishmoqda.

Rahmatilla KARATAEV, Toshkent viloyati jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi tasarrufidagi sportning yakkakurash turlari bo'yicha ixtisoslashtirilgan bolalar-o'smirlar sport maktabi direktori: 

- 2019-2020 yillarda maktabimiz oldiga qo'yilgan sharafli vazifa – keyingi yili Tokio (Yaponiya)da o'tkaziladigan XXXII yozgi Olimpiada o'yinlari licenziyalarini qo'lga kiritish bo'ladi. Mazkur vazifalarni bajarilishida o'quv-mashg'ulotlarda muntazam ravishda o'tkaziladigan maqsadli va samarali mashqlar yordamida o'quvchilarimizning sport mahoratini oshirib boramish. Albatta, Respublika, Osiyo va jahon miqyosidagi musobaqalarda sportchilarimining ishtirok etishi hamda muvaffaqiyatli natijalari ularoq, milliy terma jamoalarimiz tarkibiga  eng munosiblarini yo'naltirish orqali bunday ezgu-maqsadlarga erishib boramiz.

Ilhom RAHMONOV tayyorladi, o'z muxbirmiz

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing