26 iyu 10:01
Yangiliklar
Boks/MMA

Olimpiada 1/4 finalida Jalolovni yutgan Joys prof ringdagi 11-g'alabasiga erishdi
Kecha oqshom Buyuk Britaniyaning London shahrida professional boks kechasi bo'lib o'tdi.
Oqshomning markaziy jangi superog'ir vazn toifasida o'tkazilib, unda Rio-2016 Olimpiadasining kumush medali sovrindori, britaniyalik 34 yoshli Jozef Joys (11-0, 10 KO) germaniyalik Mixael Vallish (20-4, 13 KO)ga qarshi ringga ko'tarildi.
Jang uchinchi raundda yakunlandi. Jozef raqibini ikki bor nokdaun holatiga tushirib qo'yganidan keyin referi jangni to'xtatishga majbur bo'ldi. Bu Joysning ketma-ket qozongan 11-g'alabasi edi. Uning muddatidan avval erishgan g'alabalari soni 10 taga etdi. Britaniyalik bokschi Rio Olimpiadasining 1/4 finalida hamyurtimiz Bahodir Jalolovni mag'lubiyatga uchratgan edi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar