12 fev 15:20
Yangiliklar
Olimpiada-2018. Misha Ge Janubiy Koreyada tantanali kutib olindi + VIDEO
Mazkur Olimpiadada O'zbekiston sharafini ikki nafar sportchi - Komil To'xtaev hamda Misha Ge himoya qiladi. Bungacha tog' chang'isi bahslarida ishtirok etadigan Komil To'xtaev o'yinlar bo'lib o'tadigan shaharga etib borgandi.
Kecha esa figurali uchish bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi azosi Misha Ge AQSH orqali Janubiy Koreyaga etib bordi. "Kun" nashrining malum qilishicha, sportchimizni Koreyada qo'llab-quvvatlash guruhi azolari hamda o'zbekistonlik fuqarolar kutib olishdi. Sportchini tantanali qarshi olish va qo'llab-quvvatlash uchun nafaqat vatandoshlarimiz, balki boshqa millat vakillari, shuningdek, jajji muxlislar tashrif buyurishdi. Kutib olish marosimida O'zbekiston Davlat madhiyasi jarang sochdi hamda sportchiga sovg'alar topshirildi. SHuningdek, Misha Ge o'z muxlislariga minnatdorlik bildirib, dastxatini ulashdi.
Fikrlar