18 apr 10:50
Yangiliklar
Suv sporti turlari

Olimpiada chempioni doping testlarini o'tkazib yuborgani uchun 21 oyga diskvalifikaciya qilindi
Tunislik suzuvchi, Olimpiya o'yinlari chempioni Ahmad Hafnaui doping nazorati testlarini bir necha marta o'tkazib yuborgani uchun 21 oyga musobaqalardan chetlatildi.
Bu haqda Aquatics Integrity Unit mustaqil intizom organi malum qildi. Diskvalifikaciya 2024 yil 11 apreldan 2026 yil 10 yanvargacha davom etadi.
22 yoshli sportchi bir yil ichida uch marta joylashuv manzili haqidagi malumotni bermaslik orqali qoidabuzarlik qilgan.
Hafnaui — Tokio–2020 Olimpiadasida 400 metrga erkin suzish yo'nalishida chempion bo'lgan. SHuningdek, 2023 yilgi jahon chempionatida 800 va 1500 metr masofalarga suzish bo'yicha ikki karra g'oliblikka erishgan.
Havola :
Manba : Aquatics Integrity Unit
Fikrlar