18 fev 15:42
Yangiliklar

Olimpiada chempioni: "Osiyoda Qozog'iston va O'zbekiston - huddi "Real" va "Barselona"dek"
"Bizda o'zbek bokschilari kabi ko'plab sovrinlar yo'q. Lekin, shuni aytishim mumkinki, biz ushbu jangga qo'ygan bokschilarimiz "O'zbek yo'lbarslari"ni mag'lub eta oladi. Keling, sovrinlar bo'yicha emas, mahoratga qarab baho beraylik.
Principial to'qnashuv? To'g'ri, bu bor gap. Uni ustiga, o'zbeklar bizga o'zlarining eng kuchli tarkiblari bilan tashrif buyurmoqdalar. Osiyoda ikkita kuchli jamoa bor: Qozog'iston va O'zbekiston. Ular Ispaniya futbol ligasidagi "Real" va "Barselona"ga o'xshaydi. SHu sababli, ushbu bahs g'olibini oldindan aytib bo'lmaydi", - deydi qozog'istonlik mutaxassis.
Eslatib o'tamiz, "Astana Arlans" va "O'zbek yo'lbarslari" o'rtasidagi janglar Toshkent vaqti bilan soat 17:20 da boshlanadi.
Fikrlar