01 iyu 09:28
Yangiliklar
Boks/MMA

Olimpiada sovrindori Rustam To'laganovning raqibi malum, jang kamar uchun bo'ladi!
Rio Olimpiadasi sovrindori Rustam To'laganovning navbatdagi jangini qachon o'tkazishi haqida malumot bergandik.
CHarm qo'lqop ustamiz 15 avgust kuni Rossiya Federaciyasining Sochi shahrida o'tkaziladigan boks oqshomida ringga ko'tariladi. Uning raqibi rossiyalik Sergey Ekimov bo'ladi.
Etiborlisi, 10 raundga mo'ljallangan jang kamar uchun kechadi. Yarim og'ir vazn toifasidagi ushbu jang g'olibi WBC International kamarini qo'lga kiritadi.
Malumot uchun, Rustam shu kungacha 3 ta jang o'tkazib, barchasida g'alabaga erishgan. Hisobida bitta nokaut bor. Sergey Ekimov esa 20 ta jangda ishtirok etgan. Bu janglarda 18 g'alaba va 2 mag'lubiyat qayd etgan. To'qqizta jangda raqiblarini muddatidan avval mag'lubiyatga uchratgan.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar