24 apr 17:01
Yangiliklar
Olimpiadadagi Tezroq, balandroq, kuchliroq Olimpiya shiori o'zgaradi
XOQ Ijroiya qo'mitasi Olimpiya o'yinlarining shiorini «Tezroq, balandroq, kuchliroq - birgalikda» deb o'zgartirish taklifini maqulladi.
Xalqaro Olimpiya qo'mitasi (XOQ) Ijroiya qo'mitasi XOQ rahbari Tomas Baxning «Tezroq, balandroq, kuchliroq» degan Olimpiya shioriga o'zgartirish kiritish to'g'risidagi taklifini qo'llab-quvvatladi.
Olimpiya shioriga «birgalikda» so'zini qo'shishga qaror qilindi: «Tezroq, balandroq, kuchliroq - birgalikda».
Endi ushbu masala bo'yicha fikrni XOQ azolari bildiradi, shundan so'ng uni tashkilotning 3 oy ichida Tokioda bo'lib o'tadigan navbatdagi sessiyasida ovozga qo'yish mumkin.
«Tezroq, balandroq, kuchliroq» shiori 1984 yilda o'tkazilgan birinchi Olimpiya kongressi tomonidan maqullangan edi.
Fikrlar