So’nggi yangiliklar

20:11Бразилияда онлайн-ставкалар тақиқланди. Мамлакат футболи 2027 йилда қанча пул йўқотишини ҳисоблаб чиқишди 0 19:40IBF рейтинги. Ўзбек боксчиларининг ўрни қандай? 0 19:09Гандболчиларимиз Покистондаги мусобақада муваффақият қозонишди 0 18:38Хамзат Чимаев: "Уч ойдан бери кутаман - UFC’да мени нима кутаётганини билмайман" 0 18:07"Ливерпуль" сардори келажаги ҳақида гапирди: "Акс ҳолда бошқа жойга кетаман" 0 17:36Айтжан Халмаханов: "Асосий мақсадим — Олимпиада чемпиони бўлиш!" 0 17:05Путиннинг махсус вакили UFC турнирларини Россияга қайтариш устида иш олиб борилаётганини айтди 0 16:34Маурисио Сулаймон: "WBC қоидалари Мейвезерга чемпионлик учун курашишга рухсат беради" 0 16:03МЮ Кэррикни бўшатмоқчи эмас. Клуб раҳбарияти мураббийлар штабини кучайтириш устида бош қотирмоқда 0 15:42Мадримовнинг вазнида бирлаштирувчи чемпионлик жанги ўтказилади 0 15:11WBO рейтинги. Баҳодир Жалолов кучли тўртликка кириб олди 0 14:40Пётр Ян дунёнинг энг яхши боксчисини айтди 0 14:09Ўзбекистон терма жамоаси собиқ мураббийи: "Россия оптимал таркибда майдонга туша олмайди. Бу ўйинда Ўзбекистон фаворит" 0 13:38Шахматчиларимиз Осиё Миллатлар кубогини ғалаба билан бошлашди. Бугун Ҳиндистонга қарши ўйнаймиз! 0 13:15Octagon навбатдаги турнири Ўзбекистонда ўтказилишини анонс қилди 0

16 jan 12:43
Yangiliklar

Tadbirlar

Olimpiya qo'mitasida o'tgan matbuot anjumanidan FOTOREPORTAJ

O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasida 2021 yil yurtimizda o'tkaziladigan xalqaro musobaqalarga bag'ishlangan matbuot anjumani bo'lib o'tdi.

Prezidentimizning Parlament va O'zbekiston xalqiga yo'llagan Murojaatnomalari va “Yoshlar forumi»dagi nutqlarida 2021-yilda yurtimizda kamida 20 ta xalqaro musobaqalar o'tkazish va shu orqali Yangi O'zbekistonning salohiyatini butun dunyoga namoyish etish, turizm sohasini rivojlantirish bo'yicha qator vazifalar belgilab berilgandi. 

Tadbirni MOQ raisi matbuot-kotibi, axborot-siyosati masalalari bo'yicha maslahatchisi Zafar Imomxo'jaev olib bordi. Unda mavzular bo'yicha spikerlar MOQ Xalqaro aloqalar departamenti direktori Kamoliddin Ergashev va Olimpiya sport turlari faoliyatini koordinaciya qilish departamenti direktori Begzod Ibragimov, shuningdek, OAV xodimlari ishtirok etishdi.

O'zbekistonda 2021 yil o'tishi kutilayotgan xalqaro musobaqalar, Tokio-2020 Olimpiya va Paralimpiya o'yinlariga tayyorgarlik, “Sportni sev, sport bilan yasha” shiori ostida o'tkazilayotgan Respublika ommaviy musobaqalari anjuman kun tartibidagi asosiy mavzulari bo'ldi. Dastlab Kamoliddin Ergashev yurtimizda o'tilishi kutilayotgan xalqaro musobaqalar haqida malumot berdi.

“Bu yil yurtimizda turli yosh toifalari uchun 50 dan ortiq xalqaro musobaqalar o'tkazilishi rejalashtirilgan. Ular orasida taxminan 20 tasining nufuzi ancha yuqori bo'lib, mazkur musobaqalar doirasida Xalqaro tashkilotlar vakillari ham tashrif buyurishi kutilmoqda. SHubhasiz, musobaqalardan tashqari Xalqaro sport federaciyalari rahbariyatini mamlakatimizga taklif qilish bo'yicha muzokaralar olib boramiz. Bu o'sha sport turi rivojini yurtimizda yangi bosqichga olib chiqish yo'lida muhim ahamiyatga ega”, – dedi K.Ergashev.

SHuningdek, Tokio Olimpiya o'yinlariga tayyorgarlik, “Sportni sev, sport bilan yasha!” shiori ostida o'tkazilayotgan musobaqalar haqida ham to'xtalib o'tildi.

“Davlatimizning qo'llab-quvvatlashi bilan Tokio-2020 Olimpiya va Paralimpiya o'yinlariga katta ko'lamda tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda. Hozirda velosport, yunon-rum kurashi, badiiy gimnastika, para-engil atletika, baydarka va kanoeda eshkak eshish bo'yicha terma jamoalarimiz chet elda o'quv-mashg'ulot yig'inini olib borishmoqda. Yana bir necha kun ichida boshqa sport turlarida ham jamoalarimiz xorijiy yig'inlarni boshlashadi. Yurtimizda sog'lom turmush tarzi va sport ommaviyligini oshirish bo'yicha ishlab chiqilgan “Sportni sev, sport bilan yasha!” shiori ostidagi tadbir ham katta ahamiyatga ega. Bu orqali butun Respublikamiz bo'ylab sport bilan shug'ullanadiganlar qamrovini oshirishni reja qilganmiz”, – dedi B.Ibragimov.

Tadbir davomida mazkur musobaqalarni yoritish, ularda muxlislarning ishtiroki, qolaversa, chet elda bo'ladigan musobaqalarda terma jamoalarimiz tarkibiga matbuot kotiblarini kiritish orqali uning yanada keng yoritilishini taminlash kabi mavzular bo'yicha savol-javoblar bo'lib o'tdi.

Malumot uchun, mart oyidan Respublikamiz bo'ylab yirik xalqaro musobaqalar o'tkazila boshlaydi. Dastavval, dzyudo bo'yicha mamlakatimizda ilk bor Tokio Olimpiadasiga licenzion ochko beruvchi Toshkent «Katta Dubulg'a» turniri, professional bokschimiz Murodjon Ahmadalievning chempionlik kamarlarini himoya qiluvchi janglari, “III Navro'z xalqaro marafoni” shular jumlasidandir.

Suratlar muallifi - Alimurod MAMADAMINOV, o'z muxbirimiz 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing