22 okt 14:47
Yangiliklar
Olov va Marianna Parij-2024ning yangi timsoliga aylandi
Bugun erta tongdan butun dunyo bo'ylab Parij-2024 Olimpiya va Paralimpiya o'yinlarining yangi ramzidan chiqqan cho'q asta-sekin alanga olmoqda. Ha, yangi logotipga aynan shunday tarif berish mumkin. Unda bir vaqtning o'zida Olimp tog'ida alanga olgan olov va Franciya Respublikasining milliy ramzlaridan biri bo'lmish Mariannani uchratish mumkin.
Tashkilotchilar olovga berilgan tarifda Parij-2024 ishtirokchilar hamda muxlislar uchun energiya va unutilmas daqiqalarni taqdim etishiga ishora ekanini aytib o'tishmoqda. Marianna esa francuzlar nazlida Olimpiya va Paralimpiya o'yinlari uchun revolyucion ruhiyatni anglatadi.
Malumot uchun, Parij 2024 yilning 26 iyulidan 11 avgustiga qadar Olimpiya o'yinlarini qabul qilsa, Paralimpiya o'yinlariga 28 avgust – 8 sentyabr kunlari mezbonlik qiladi.
Fikrlar