07 okt 08:22
Yangiliklar
![](/upload/storage/20407_220.jpg)
Olti nafar bokschimiz Aktauda chempionlik uchun ringga chiqadi
O'z tarixida beshinchi bor tashkil etilayotgan ushbu musobaqada O'zbekiston terma jamoasi ham to'liq tarkibda ishtirok etyapti. Kecha turnirda yarim final bahslari o'tkazilib, oltin medal uchun ringga chiqadigan charm qo'lqop ustalarining nomi malum bo'ldi.
Bugungi final janglarida O'zbekiston terma jamoasining 6 nafar azosi ham chempionlik uchun ringga chiqadi. Jamoamiz safida Murodjon Ahmadaliev, Elnur Abduraimov, Isroil Madrimov, Bahodir Jalolov singari asosiy tarkib charm qo'lqop ustalarimiz bor.
Musobaqaning dastlabki kuni -52 kg vazndagi hamyurtimiz Foziljon Abdumurodov mag'lubiyatga uchragan edi. Kechagi yarim final janglarida Mironshoh Ibragimov (-49 kg), Murodjon Ahmadaliev (-60 kg) hamda -91 kg vazn toifasidagi Sanjar Tursunov ham mag'lubiyat alamini totib ko'rishdi va bronza medali bilan kifoyalanishdi.
Qolgan bokschilarimiz Elnur Abduraimov, Mahmud G'oipov, Madiyor Saidrahimov, Isroil Madrimov, Otabek Xolmatov va Bahodir Jalolov raqiblarini mag'lubiyatga uchratib, finalga yo'l olishdi.
Fikrlar