02 fev 13:05
Yangiliklar
Olti tennischi kelishilgan o'yinlar uchun turli yillarga "kesildi", tashkilotchi qamaldi
Tashkilot rasmiy saytida berilgan xabarga ko'ra, olti tennischidan besh nafari o'z aybiga iqror bo'lgan. Jerom Incerilo, David Guez va Roman Bovi 4 yildan 5 yilu 7 oygacha barcha tennis faoliyatidan chetlatildi hamda 25 mingdan 50 000 dollargacha jarimaga tortildi.
Yannik Yankovic va Fransua-Artur Viber mustaqil antikorrupcion ekspert tomonidan tekshiruvdan o'tkazildi. Ular mos ravishda 2 yil va 2 yilu 3 oyga diskvalifikaciya qilindi. Agustin Moyano o'ziga qo'yilgan ayblovlarni inkor etgani uchun 15 yilga chetlatildi va 10 000 dollar jarimaga tortildi.
Ushbu kelishilgan o'yinlar bosh tashkilotchisi hisoblangan Grigor Sarkisyan esa 5 yilga ozodlikdan mahrum qilindi. U 2017-2018 yillarda yuqorida ism-sharifi keltirilgan tennischilar ishtirokida kelishilgan o'yinlarni tashkil etgan.
Fikrlar