So’nggi yangiliklar

10:28Осиё ўйинлари. Уч кундан сўнг медаллар жамғариш рейтингидаги ўрнимиз қандай? 0 09:33Ўзбекистонлик спортчиларнинг Осиё ўйинларидаги иштирокидан ОНЛАЙН 0 19:05Осиё ўйинларининг тўртинчи кунида иштирок этадиган ўзбекистонлик спортчилар рўйхати билан танишинг 0 18:30Ўзбекистон U-23 терма жамоаси Осиё ўйинлари чорак финалида Саудия Арабистони билан тўқнаш келади 0 18:20Осиё ўйинларининг учинчи кунида учта медаль қўлга киритилди 0 17:25ММАчиларимиз Осиё ўйинларини 3 та медаль билан якунлашди 0 16:43UFC: Богдан Гусковнинг рейтингида яна ўзгариш бўлди 0 15:27Хамза Шираз WBO чемпионлик камаридан воз кечди 0 14:53Британия суди Салоҳни ҳайдовчилик гувоҳномасидан маҳрум қилди 0 13:40Расман. Сирил Ган чемпион сифатидаги илк жангини қачон ва кимга қарши ўтказиши маълум бўлди (ПОСТЕР) 0 11:53Яхши хабар: WBA ташкилоти Бектемир Мелиқўзиевнинг Хайме Мунгияга қарши чемпионлик жангига буйруқ берди! 0 10:53Сеул WTA 250: Илк даврадаёқ ўзбек дербиси гувоҳи бўлдик 0 07:39Факт! Ханчжоу-2022 Осиё ўйинларида Ўзбекистон делегациясига энг кўп медални дзюдочиларимиз тақдим этган! 0 07:07XX Осиё ўйинлари. Хитойнинг медаллари 38 тага етди, шундан 23 таси олтин. Ўзбекистон Топ-10`да! 0 06:38Ёшлар кўпайди, Ҳусанов Тошкентда, кайфият аъло. Ўзбекистон терма жамоаси йиғинининг дастлабки кунидан суратлар 0

20 iyu 13:16
Yangiliklar

Boshqalar, Tokio-2020, Olimpiya o'yinlari

“Olympic Day”: Sportimiz yulduzlari va sanatimiz darg'alari ishtirokida onlayn-muloqot

Teglar :  Olimpiya kuni
Xabar berganimizdek, 23 iyun kuni butun dunyoda Xalqaro Olimpiya kuni nishonlanadi.

Xalqaro Olimpiya qo'mitasi tashkil topgan ushbu sana bu yil koronavirus pandemiyasi sabab o'zgacha tarzda o'tkazilyapti. Xalqaro olimpiya qo'mitasi qaroriga ko'ra, barcha mamlakatlar ushbu bayramni 23 iyun kuni arafasida nishonlashlari mumkinligi belgilangan.



Jumladan, O'zbekistonda ham Olimpiya kuni nishonlanyapti. Bundan bir necha daqiqa avval Zoom dasturi orqali onlayn-muloqot tarzida ana shunday tadbirlardan biri bo'lib o'tdi. Unda yurtimizning mashhur sportchilari, sportimiz mutasaddilari hamda sanatimiz darg'alari ishtirok etishdi. 



O'zbekiston Jismoniy tarbiya va sport vazirining birinchi o'rinbosari Ravshan Ermatov, Milliy Olimpiya qo'mitasi prezidenti Rustam SHoabdurahmonov, MOQ bosh kotibi Oybek Kasimov, MOQ Faxriylar kengashi raisi Komiljon Xudoyberganov video onlayn-muloqotda yurtimizning barcha sportchilarini Olimpiya kuni bilan muborakbod etishdi. 

Sportchilar nomidan Oksana CHusovitina, Muhammadqodir Abdullaev, Ekaterina Xilko, Husniddin Norbekov, Murodjon Ahmadaliev so'z olib, bayram munosabati bilan o'z fikrlarini bildirishdi. 

Video onlayn-muloqotda sanatkorlarimizdan O'zbekiston xalq artisti Erkin Komilov, Yodgor Sadiev, Farrux Zokirov, O'zbekiston Respublikasida xizmat ko'rsatgan artist Samandar Hamroqulov ishtirok etdi. Erkin Komilov sportchilarimizga bo'lajak Olimpiadada yuqori cho'qqilarni zabt etishga tilak bildirdi. 

Ushbu tadbir so'nggida qatnashchilarga Xalqaro olimpiya qo'mitasi prezidenti Tomas Bax yo'llagan tabrik namoyish etildi. 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing